O'zbekiston

Hofiz Rahmatillo Yusupov shifokorlar aybi sabab 44 yoshda vafot etgani aytilmoqda

Yaqinlarining aytishicha, shifokorlar xatosi sabab, o'tkazilgan operatsiya chog‘ida nerv tolalariga jiddiy shikast yetkazilgan.

Hofiz Rahmatillo Yusupov shifokorlar aybi sabab 44 yoshda vafot etgani aytilmoqda

 


Taniqli hofiz Rahmatillo Yusupov 44 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda marhumning yaqinlari Daryo nashriga ma’lum qilgan.  Xonanda 1981-yil 15-sentyabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, oilali bo‘lib, ikki farzandning otasi edi. Uning “Ketgim kelmayapti onajon”, “Kelinchak” kabi qo‘shiqlari keng ommalashgan, muxlislari esa uni “ikkinchi Oxunjon Madaliyev” deb atashgan.

 

Yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, Rahmatillo Yusupov koronavirusdan keyin bel og‘rig‘idan shikoyat qilgan va shifokorlar unga “churra” tashxisini qo‘yib, jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Biroq operatsiyadan keyin ham ahvoli yaxshilanmagan. Keyinchalik boshqa tibbiyot muassasasida tekshiruvdan o‘tganda, aslida tashxis noto‘g‘ri bo‘lgani, muammo oddiy shamollash ekanligi aniqlangan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki operatsiya chog‘ida nerv tolalariga jiddiy shikast yetkazilgan. O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo Rahmatillo Yusupovni Toshkentga olib kelib, chuqur tekshiruvdan o‘tkazgan, biroq shifokorlar jarayonni ortga qaytarishning iloji yo‘qligini bildirgan. Iqbol Mirzo holat bo‘yicha sudga murojaat qilish kerakligini aytgan, ammo hofizning o‘zi bunga rozi bo‘lmagan.

 

Rahmatillo Yusupov uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 2025-yil 27-dekabr kuni vafot etdi. Uning o‘limi san’at ixlosmandlari orasida chuqur qayg‘u bilan qarshi olindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Hofiz Rahmatillo Yusupov shifokorlar aybi sabab 44 yoshda vafot etgani aytilmoqda | Zamon.uz