Jahon

Kanada Ukrainaga 2,5 milliard dollar yordam ajratadi

Kanada bosh vaziri bu mablag‘lar tiklanish jarayonini boshlashga yordam berishini aytgan.

Kanada Ukrainaga 2,5 milliard dollar yordam ajratadi

 


Kanada Ukrainaga qo‘shimcha ravishda 2,5 milliard dollar miqdorida iqtisodiy yordam ajratadi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Mark Karni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Interfax-Ukraine.

 

Mark Karnining ta’kidlashicha, mazkur moliyaviy yordam Ukrainaga Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF), Jahon banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan qo‘shimcha moliyalashtirish jalb qilish imkonini beradi va mamlakat iqtisodiy barqarorligini qo‘llab-quvvatlaydi. “Bu mablag‘lar tiklanish jarayonini boshlashga yordam beradi”, — dedi Kanada bosh vaziri.

 

Volodimir Zelenskiy Kanadaga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirib, Rossiyaga nisbatan xalqaro bosimni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, u Kanada bilan Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini kuchaytirish masalasini ham muhokama qilishini aytdi.

 

Avvalroq Kanada Ukrainaga kiberxavfsizlikni mustahkamlash maqsadida Tallinn mexanizmi doirasida 92 million grivnadan ortiq mablag‘ ajratishi haqida ham xabar berilgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kanada Ukrainaga 2,5 milliard dollar yordam ajratadi | Zamon.uz