Jahon

Suriyadagi shialar masjidida yuz bergan portlashdan so‘ng, mamlakatdagi alaviylar norozilik namoyishlariga chiqdi

Latakiya va Tartus shaharlarida norozilik bildiruvchilar bilan qarshi namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan.

Suriyadagi shialar masjidida yuz bergan portlashdan so‘ng, mamlakatdagi alaviylar norozilik namoyishlariga chiqdi

 

 

 


Suriyada shialarga mansub Imom Ali ibn Abu Tolib masjidida sodir bo‘lgan portlashdan so‘ng mamlakatning qirg‘oqbo‘yi hududlarida yashovchi alaviylar ommaviy norozilik namoyishlarini o‘tkazdi. OAV xabarlariga ko‘ra, namoyishlar Latakiya, Jabla, Baniyas, Tartus va Kardaha shaharlarida bo‘lib o‘tgan.

 

Norozilik aksiyalarida ishtirok etgan minglab odamlar alaviylarga nisbatan xavfsizlik kafolatlarini kuchaytirish, shuningdek, o‘zini o‘zi boshqarish vakolatlarini kengaytirishni talab qilgan. Namoyishlar Homs shahridagi masjidda juma namozi vaqtida sodir bo‘lgan portlashdan ikki kun o‘tib boshlangan.

 

Latakiya va Tartus shaharlarida norozilik bildiruvchilar bilan qarshi namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. Mahalliy sog‘liqni saqlash idoralariga ko‘ra, voqealar oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan, 60 ga yaqin inson jarohat olgan. Qurbonlar orasida xavfsizlik kuchlari xodimi ham bor.

 

Rasmiylarga ko‘ra, tartibni tiklash maqsadida xavfsizlik kuchlari hududga jalb etilgan, ayrim joylarda maydonlar yopilgan. Hukumat vakillari Homsdagi portlashni qoralab, aybdorlar javobgarlikka tortilishini bildirgan, biroq hozircha gumonlanuvchilar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

custom img

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"