O'zbekiston

Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun “Prezident archasi” bayram tadbiri bo’lib o’tdi

Tadbirda 11 125 dona shakllantirilgan Prezident sovg'alari bolajonlarga tuhfa etildi.

Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun “Prezident archasi” bayram tadbiri bo’lib o’tdi

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Mehribonlik va muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar, shuningdek ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar hamda yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo'lida halok bo'lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodimlarining farzandlari uchun maxsus "Prezident archasi" tadbiri tashkil etildi. 

 

Bayramda umumiy hisobda 11 125 dona shakllantirilgan Prezident sovg'alari bolajonlarga tuhfa etilib ular tarkibiga bolalarning ta'lim olishi va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishiga xizmat qiluvchi 24 nomdagi o'quv qurollari, shuningdek bolajonlar sevib iste'mol qiladigan 34 nomdagi shirinlik mahsulotlari o'rin olgan. 

 

Bayram oldi hududlarda bir qator tadbirlar tashkil etilgan bo'lib shu bilan birga O'zbekiston xalqaro forumlar saroyida ham "Ijtimoiy himoya milliy agentligi" tomonidan mehribonlik uyida yashovchi bolalar uchun tashkil etilgan bayramda bir qator spektakllar namoyish etilib bolalar tomonidan ijobiy kayfiyatda kutib olindi. Ijtimoiy himoya agentligi tomonidan mehribonlik uyi bolalarga viza karta ochilgani katta tuhfa boʻldi, 18 yoshga toʻlganda esa mustaqil hayot ostonasida turganda moliyaviy mustaqil boʻladi deydi 22-mehribonlik uyi xodimasi. Bayramda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shaxnoza Mirziyoyeva ham ishtirok etib bolajonlar bilan birgalikda spektakl namoyishini tomosha qildi. Himoyaga muhtoj bo'lgan bolalar uchun "Prezident archasi" tadbiri ijodiy chiqishlarga boy bo'lib tomoshabinlar qalbidan chuqur o'rin oldi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun “Prezident archasi” bayram tadbiri bo’lib o’tdi | Zamon.uz