Jahon

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nazarboyev Putin bilan uchrashdi. Tafsilotlar nega yopiq?

Sobiq prezdentining tashrifidan asl maqsad Qozog‘istondagi ichki siyosat va 2029 yilgi prezidentlik saylovi bo‘lishi mumkin.

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nazarboyev Putin bilan uchrashdi. Tafsilotlar nega yopiq?

 

Joriy yilning 27-dekabrdan 28-dekabrga o‘tar kechasi Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Kremlga bordi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati eʼlon qildi . Biroq uchrashuv tafsilotlari haqida aniq maʼlumot eʼlon qilinmagan.

 

Tahlilchilarning fikricha, sobiq prezdentining tashrifidan asl maqsad Qozog‘istondagi ichki siyosat va 2029 yilgi prezidentlik saylovi. 

 

Tahlilchilarga ko‘ra, hozirgi vaqtda Nazarbayev atrofida mamlakatdagi prezidentlik saylovi bo‘yicha ikkita variant muhokama qilinmoqda. Har ikkala variantda ham Nazarboyev Moskvani saylovlarga aralashmasligi va betaraf turishi muhim hisoblanadi.

 

Strategic Fokus Теlegramm kanalining yozishicha, yuqorida tilga olingan ssenariydan biri Nazarboyev Dariga Nazarbayevani prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surishi mumkin. Bu variant Qozog‘istondagi ayrim siyosatchi va biznes doiralarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

 

Ikkinchi ssenariyni esa, tahlilchilar noodatiy deya taʼriflagan. Chunki u yerda Nursulan Nazarbayevning o‘zi siyosatga yana qaytishi mumkin.  

 

“Nazarboyevning Moskvaga borishidan asosiy maqsad — kelajakdagi saylovlar oldidan Rossiya bilan pozitsiyalarni kelishib olish, hech bo‘lmaganda Kremlning betarafligini taʼminlashdir. Bu tashrif tashqi siyosatdan ko‘ra ko‘proq Qozog‘iston kelajagi bilan bog‘liq ichki hisob-kitoblar bilan bog‘liq”, — deyiladi maqolada.

 

2024-yil Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev “Ana tili” gazetasiga bergan intervyusida bunday uchrashuvlar tashabbuskori Nazarboyevning o‘zi bo‘lishini aytgan. 

 

Toqayev sobiq prezident Moskva bilan axloqiy va siyosiy jihatdan yaqin aloqada ekanligini, chunki u Qozog‘iston SSR Vazirlar Kengashi raisi, partiya yetakchisi va keyinchalik suveren Qozog‘iston prezidenti bo‘lganini qo‘shimcha qildi. Bu Rossiya poytaxtiga tez-tez ish safarlarini anglatardi.

 

“Ular, ko‘rinishidan, eski do‘stlar va hamkasblar sifatida uchrashishgan, esda qoladigan narsalari bor. Bunday uchrashuvlarning tashabbuskori Nursulton Abishevich, uning uchun ular juda muhim”, — degan Toqayev.

 

Nursulton Nazaboyev va Putin uchrashuvi bu yil Ichida ikkinchi marta sodir bo‘lmoqda. Oldinroq u shu yilning may oyida ham uchrashishgan. 

 

Rus nashrlarining yozishicha, Nazarboyev va Putin uchrashuvi 2024 yilda ham ikki marta bo‘lgan va bunday uchrashuvlar odatiy tusga kirmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nazarboyev Putin bilan uchrashdi. Tafsilotlar nega yopiq? | Zamon.uz