O'zbekiston

Toshkentda bir oyda 49 kgdan ortiq giyohvand moddalar tarqalishining oldi olindi

Poytaxtda giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan bog‘liq jami 592 ta holat aniqlanib, 256 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda bir oyda 49 kgdan ortiq giyohvand moddalar tarqalishining oldi olindi

 

Toshkent shahrida bir oy davomida giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy aylanishiga qarshi olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida yirik hajmdagi moddalar tarqalishining oldi olindi.

 

Ichki ishlar vazirligi tomonidan 20-noyabrdan 20-dekabrgacha respublika bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom mamlakat” keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbirlarining uchinchi bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Mazkur tadbirlar doirasida poytaxtda giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan bog‘liq jami 592 ta holat aniqlanib, 256 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Noqonuniy muomaladan 49 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar hamda 72 818 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.

 

Shuningdek, 41 nafar “zakladchik” aniqlanib, ulardan jami 2 kilogramm 710 gramm giyohvand modda olib qo‘yildi. 285 ta narkografiti aniqlanib, bartaraf etildi. Ularni chizgan 38 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.

 

Mirobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Ularning Telegram-bot orqali giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani hamda narkolaboratoriya tashkil etgani aniqlandi. Ulardan umumiy qiymati 2 milliard 923 million 200 ming so‘mga teng, 12 600 dozani tashkil etuvchi giyohvand va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar musodara qilindi.

 

Mirzo Ulug‘bek tumanida aniqlangan holatda esa bir fuqaroning uyidan 15 kilogramm marixuana va 300 dona mak ko‘chatlari topildi. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida umumiy qiymati 3 milliard 750 million so‘mga teng bo‘lgan 7 500 doza giyohvand moddalarning tarqalishiga chek qo‘yildi.

 

Yangi Hayot tumanida esa o‘zaro bog‘liq bo‘lgan besh nafar shaxs qo‘lga olinib, “pregabalin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasining noqonuniy tarqatilishi to‘xtatildi. Ushbu moddalar 13 607 nafar fuqaroning zaharlanishiga sabab bo‘lishi mumkin edi.

 

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi profilaktik va tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda bir oyda 49 kgdan ortiq giyohvand moddalar tarqalishining oldi olindi | Zamon.uz