O'zbekiston

Biznesni rivojlantirish banki “Do‘stlar klubi”da 2025-yil yakunlarini sarhisob qildi

Bank aktivlari 38 trillion so‘mga yetib, kredit va depozit portfeli sezilarli oshdi.

Biznesni rivojlantirish banki “Do‘stlar klubi”da 2025-yil yakunlarini sarhisob qildi

 

Bankning “Do‘stlar klubi” jamoatchilik bilan o‘ziga xos muloqot platformasi bo‘lib, unda yangi loyihalar va amaliy natijalar bo‘yicha fikr almashiladi. Bu galgi muloqotda “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2025-yildagi faoliyati natijalari muhokama qilindi.

 

     

 

Qayd etilishicha, yakunlanayotgan yil davomida bank barqaror o‘sishni taʼminlab, aktivlarini 38 trillion so‘mga yetkazdi, o‘sish surʼati 118 foiz bo‘ldi. Kredit portfeli 25 trillion so‘mga, depozitlar esa 15 trillion so‘mga yetkazildi. Bugungi kunda biznes va chakana segmentlarda 1 mln dan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatilmoqda. Tadbirda bu raqamlar ishonchli hamkorlik va uzoq muddatli munosabatlar natijasi ekani alohida taʼkidlandi.

 

2025-yil bank uchun o‘zgarishlar va samara yili bo‘ldi. Bank strategiyasi doirasida 34 ta loyiha muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Agile, Kanban va Kaizen yondashuvlari joriy qilinib, mahsulotlarni bozorga chiqarish tezlashdi, xodimlar unumdorligi va o‘zgarishlarga moslashuvchanlik oshdi.

 

Biznesni rivojlantirish banki xizmatlari hududiy va operatsion jihatdan kengaydi. Bugun mamlakat bo‘ylab 75 ta sotuv nuqtasi va 323 ta 24/7 formatdagi xizmat shoxobchasi faoliyat yuritmoqda. Taʼkidlanganidek, bank mijozlarga ham vaqt, ham joy jihatidan yaqin bo‘ldi.

 

       

 

Kreditlarni ko‘rib chiqish va maʼqullash jarayonlari avtomatlashtirildi. Natijada kredit kutish vaqti 5 soatdan 30 daqiqagacha qisqardi.

 

Birgina bankning mobil ilovasida sessiyaviy va tranzaksion antifrod tizimlari joriy etilgani natijasida real vaqt rejimida shubhali harakatlar aniqlanib, 14 milliard so‘mdan ortiq mijozlar mablag‘lari firibgarlikdan himoyalandi va bankning operatsion, shuningdek, reputatsion risklari sezilarli darajada kamaydi.

 

Kredit portfelining sifati ustidan nazorat oshirilib, muammoli aktivlar bilan ishlash tizimi qayta ko‘rib chiqildi. Erta aniqlash, monitoring va undirish mexanizmlari kuchaytirildi. Natijada muammoli qarzdorlik bilan ishlash jarayonlari tizimli va markazlashgan shaklga o‘tkazildi, aktivlar sifati yaxshilandi va bank balansining barqarorligi mustahkamlandi.

 

Xalqaro moliya institutlari bilan ishlash doirasida bank tomonidan 357,1 mln. AQSH dollaridan ortiq resurslar jalb qilindi. Muloqotda bu Biznesni rivojlantirish bankining barqaror moliyaviy ko‘rsatkichlarining  samarasi ekanligi bildirildi.

 

     

 

Biznesni rivojlantirish banki “Do‘stlar klubi”da bankning o‘tayotgan yildagi ijobiy natijalari eʼtirof etilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi.  Taʼkidlanganidek, 2026-yil bankdagi transformatsiyaning birinchi bosqichi yakunlanadigan, barqaror o‘sish va sifatli xizmatlar yana-da chuqurlashadigan yildir. Muloqotda jamoatchilik faollari  kelgusi yil bank uchun rivojlanishning yangi bosqichi bo‘lishini bildirdilar.

 

Bank axborot xizmati

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.