O'zbekiston

Kitobda kelin MIB orqali 57 turdagi sepini qaytarib oldi

Maʼlum bo‘lishicha, uning shaxsiy mol-mulki javobgar tomonidan noqonuniy ushlab turilgan.

Kitobda kelin MIB orqali 57 turdagi sepini qaytarib oldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shaxrisabz tumanlararo sudining 2025 yil 12 sentyabrdagi ajrimiga asosan fuqaro G.A.ning daʼvosi qanoatlantirilib, javobgar M.B. tomonidan noqonuniy ushlab turilgan shaxsiy mol-mulklarni daʼvogarga qaytarib berish belgilangan.

 

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Kitob tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, davlat ijrochilari tomonidan qonun doirasida tezkor va qatʼiy ijro harakatlari tashkil etildi.

 

Sud ajrimiga muvofiq, javobgarning yashash manzili – Kitob tumanida joylashgan xonadonda ijro harakatlari o‘tkazildi. Ijro jarayonida daʼvogarga tegishli bo‘lgan mikrovolnovka, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, televizor, gaz plitasi, idish-tovoqlar, gilamlar, mebel jihozlari, zargarlik buyumlari va boshqa jami 57 turdagi mol-mulklar xatlanib, belgilangan tartibda undiruvchiga qaytarib berildi.

 

Tegishli tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida nizoli holat tinch yo‘l bilan hal etildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Kitobda kelin MIB orqali 57 turdagi sepini qaytarib oldi | Zamon.uz