O'zbekiston

“Prezident archasi” doirasida 8 mingdan ortiq bola uchun depozit hisob raqamlari ochildi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra o‘tkazilgan “Prezident archasi” doirasida har bir bola nomiga 500 AQSH dollari miqdorida mablag‘ o‘tkazildi.

“Prezident archasi” doirasida 8 mingdan ortiq bola uchun depozit hisob raqamlari ochildi

Prezident topshirig’i bilan bu yil o‘tkazilgan “Prezident archasi” doirasida an’anaviy yangi yil sovg‘alariga qo‘shimcha ravishda, bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlarini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilindi — bu ularning ertangi kuni uchun kichik, ammo muhim qadamdir.

 

0 dan 17 yoshgacha bo‘lgan 8 ming nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlari ochildi. Har bir bunday hisob raqamiga davlat tomonidan 500 AQSh dollari miqdorida mablag‘ joylashtirildi. Ushbu mablag‘lar yildan-yilga kapitalizatsiya hisobiga jamg‘arilib boradi. Bola 18 yoshga to‘lgach, ushbu mablag‘lardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, mustaqil hayotga qadam qo‘yish uchun ilk qarorlarini qabul qilishi mumkin.

 

9 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar berildi. Bu qulaylik, xavfsizlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. Ijtimoiy karta bugunoq foydali: u orqali jamoat transportidan imtiyozli sharoitlarda foydalanish, xaridlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, shaxsni tasdiqlash, shuningdek ijtimoiy yordam va xizmatlarni olish huquqini tasdiqlash mumkin. Barcha operatsiyalarni Baraka mobil ilovasi orqali kuzatish va nazorat qilish mumkin.

 

Ushbu qo‘llab-quvvatlash davlat g‘amxo‘rligiga alohida muhtoj bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan:

• mahallalarda istiqomat qiluvchi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;

• mehribonlik uylari, oilaviy va kichik hajmli bolalar uylari hamda SOS bolalar qishloqlari tarbiyalanuvchilari;

• ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish chog‘ida halok bo‘lgan bolalar;

• “Taskin” bolalar xospisi huzuridagi bolalar onkologiya shifoxonasida davolanayotgan bolalar.

 

“Taskin” bolalar xospisida davolanayotgan bolalar uchun alohida tartib belgilangan: depozit hisob raqamidagi mablag‘lar zaruratga ko‘ra va qonuniy vakillar murojaati asosida istalgan vaqtda bank kartasiga o‘tkazilishi mumkin.

 

Bu — har bir bola haqida qayg‘urish, ishonch va kelajakka bo‘lgan ishonch ramzidir.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Prezident archasi” doirasida 8 mingdan ortiq bola uchun depozit hisob raqamlari ochildi | Zamon.uz