O'zbekiston

Sirdaryoda mashina kanalga tushib ketdi: to‘rt yo‘lovchi halok bo‘ldi

Faqat haydovchi omon qolgan.

Sirdaryoda mashina kanalga tushib ketdi: to‘rt yo‘lovchi halok bo‘ldi

 

Sirdaryo viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi, faqat haydovchi omon qoldi.

 

Millar dasturida xabar berilishicha, joriy yilning 26-dekabr kuni taxminan soat 21:30 da 2001-yilda tug‘ilgan haydovchi stadiondan to‘rt nafar tanishini olib, ularning yashash manzili tomon yo‘lga chiqqan. Harakat davomida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil yo‘lovchilari bilan birga kanalga tushib ketgan.

 

Haydovchi cho‘kayotgan avtomobildan chiqishga muvaffaq bo‘lgan va shifoxonaga yotqizilgan.

 

Avtomobilda bo‘lgan 19–20 yoshli to‘rt nafar yo‘lovchi esa suvga cho‘kib halok bo‘lgan. Ularning barchasi bir mahallada yashagani qayd etildi.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi — odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Sirdaryoda mashina kanalga tushib ketdi: to‘rt yo‘lovchi halok bo‘ldi | Zamon.uz