Jahon

Vens Ilon Maskni yangi partiya tuzishdan qaytardi — The Washington Post

Vens bu tashabbus respublikachilarga zarar yetkazishini taʼkidlagan.

Vens Ilon Maskni yangi partiya tuzishdan qaytardi — The Washington Post

 

AQSH vitse-prezidenti J.D. Vens amerikalik milliarder Ilon Maskni Qo‘shma Shtatlarda yangi siyosiy partiya tuzish rejasidan voz kechishga ko‘ndirdi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda.

 

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Ilon Mask mazkur tashabbusga jiddiy yondashgan. Biroq vitse-prezident Vens va uning yaqin doirasi yangi partiyaning tashkil etilishi 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarda hamda keyingi siyosiy jarayonlarda respublikachilar partiyasiga sezilarli zarar yetkazishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

 

Shu munosabat bilan J.D. Vens Maskning ittifoqchilarini tadbirkorni partiya tuzish g‘oyasidan voz kechishga undashga chaqirgan. WPʼning yozishicha, bir necha oy davom etgan siyosiy va norasmiy muloqotlar o‘z samarasini bergan.

 

Keyinchalik J.D. Vens Maskning yaqin ittifoqchisi Jared Isaakning nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun hukumatga norasmiy shaklda taʼsir o‘tkazgan. Isaakman Maskka tegishli SpaceX kompaniyasining asosiy moliyaviy hamkorlaridan biri bo‘lib, u dekabr oyida AQSH Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi — NASA rahbari lavozimini egallagan.

 

Xabar qilinishicha, partiya tuzish g‘oyasidan voz kechgan Ilon Mask noyabr oyida Oq uyda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon sharafiga uyushtirilgan rasmiy kechki ovqatda ishtirok etgan. Shuningdek, konservativ siyosatchi Charli Kirkning o‘ldirilishi fonida Mask 2026 yilgi oraliq saylovlar arafasida Respublikachilar partiyasining saylov kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Vens Ilon Maskni yangi partiya tuzishdan qaytardi — The Washington Post | Zamon.uz