O'zbekiston

CNN Yangi yil efirida Islom sivilizatsiyasi markazini namoyish etdi

Xalqaro telekanal yarim soatlik hujjatli film orqali O‘zbekistonni islom olamining muhim tarixiy markazi sifatida tanishtirdi

CNN Yangi yil efirida Islom sivilizatsiyasi markazini namoyish etdi

 

 

Xalqaro CNN telekanali Yangi yil dasturlari doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga bag‘ishlangan yarim soatlik hujjatli filmni tomoshabinlarga taqdim etdi. Filmda noyob tarixiy eksponatlar va bebaho madaniy meros namunalari orqali O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan.

 

Ta’kidlash joizki, mazkur loyiha CNN tashabbusi bilan, telekanalning mualliflik hujjatli filmi sifatida yaratilgan. Yangi yil efirlari davomida film besh marotaba namoyish etildi. Bu holat Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekistonning boy madaniy merosiga xalqaro auditoriya tomonidan katta qiziqish bildirayotganidan dalolat beradi.

 

Film namoyishidan avval eksklyuziv videorolik e’lon qilinib, unda markazning O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yaratilgan konsepsiyasi yoritildi. Videomaterialda xalqaro siyosatchilar va jamoat arboblari ushbu markazni ma’rifat, muloqot va bag‘rikenglik g‘oyalariga asoslangan zamonaviy madaniy maskan sifatida yuqori baholadi.

 

10 gektar maydonda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi besh galereyani o‘zida jamlagan bo‘lib, unda Usmon mushafi, Muqaddas Ka’ba kalitlari, Amir Temur xazinasidagi Qur’on sahifalari kabi dunyo miqyosidagi noyob artefaktlar namoyish etiladi. Markaz Mavorounnahr allomalarining jahon ilm-fani va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasini keng jamoatchilikka ochib beruvchi muhim madaniy maskan sifatida e’tirof etilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

CNN Yangi yil efirida Islom sivilizatsiyasi markazini namoyish etdi | Zamon.uz