O'zbekiston

2026-yildan taksi haydovchilari soliqlarni qanday to‘laydi?

Taksi haydovchilari uchun 1 foizlik soliq stavkasi joriy etiladi.

2026-yildan taksi haydovchilari soliqlarni qanday to‘laydi?

2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliq tizimi soddalashtiriladi. Ular uchun aylanmadan olinadigan soliqning kamaytirilgan — 1 foizlik stavkasi joriy etiladi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, soliq faqat haydovchining real daromadi asosida hisoblanadi. Masalan, agar taksi haydovchisi bir oyda 2 million so‘m daromad qilsa, to‘lanadigan soliq miqdori atigi 20 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Agar yo‘lovchilar onlayn taksi agregatorlari orqali tashilgan bo‘lsa, soliq avtomatik tarzda undiriladi. Bunda agregator platforma haydovchining daromadidan 1 foizni ushlab qolib, uni to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat byudjetiga o‘tkazadi. Ushbu mexanizm faqat agregator orqali olingan daromadlarga tatbiq etiladi. Platformadan tashqarida amalga oshirilgan tashuvlardan olingan mablag‘lar avtomatik soliq hisobiga kiritilmaydi.

 

Shuningdek, elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun QR-kod o‘rnatish masalasiga ham aniqlik kiritildi. Amaldagi tartibga ko‘ra, 2026-yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun QR-koddan foydalanish majburiy etib belgilangan. Biroq taksi haydovchilari uchun bu talab istisno tariqasida qo‘llanilmaydi.

 

Xususan, 2025-yil 12-avgustdagi 247-sonli qarorga muvofiq, soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan onlayn agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish va yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi haydovchilar va kuryerlardan alohida QR-kod o‘rnatish talab etilmaydi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

2026-yildan taksi haydovchilari soliqlarni qanday to‘laydi? | Zamon.uz