Jahon

Rossiyada 2027-yilgacha migrantlarni kuzatish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

2026-yilda chet elliklar uchun biometrik identifikatsiya tizimi ishga tushiriladi.

Rossiyada 2027-yilgacha migrantlarni kuzatish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

Rossiya hukumati 2027-yil oxiriga qadar mamlakat hududida migrantlar harakati ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan kompleks choralarni amalga oshiradi. Bu haqda TASS tomonidan ko‘rib chiqilgan Rossiya Federatsiyasining migratsiya siyosati bo‘yicha rejasida ma’lum qilindi.

 

Hujjatga ko‘ra, xorijiy fuqarolarning Rossiya hududi bo‘ylab harakatini monitoring qilishga mo‘ljallangan maxsus axborot tizimi 2027-yil 10-dekabrga qadar ishga tushiriladi.

 

Mazkur loyiha Ichki ishlar vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati, Transport vazirligi va Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan Rossiya hududlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

 

Shu bilan birga, 2026-yil dekabriga qadar chet elliklarni biometrik identifikatsiyalash uchun alohida axborot tizimini yaratish rejalashtirilgan. Ushbu tizim xorijiy fuqarolarning shaxsini aniqlash va migratsiya jarayonlarini nazorat qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

 

Rejaga muvofiq, Rossiya Ichki ishlar vazirligi xalqaro aviachiptalarni bron qilish tizimlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu choralar Rossiyaga kirishi taqiqlangan xorijiy fuqarolar haqida avvaldan axborot olish va chegaradagi nazoratni kuchaytirish maqsadida joriy etiladi.

 

Bundan tashqari, vazirlik tomonidan ochiq manbalardagi ma’lumotlarni tahlil qilishga mo‘ljallangan maxsus axborot tizimini yaratish ham ko‘zda tutilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyada 2027-yilgacha migrantlarni kuzatish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi | Zamon.uz