O'zbekiston

“Ekologiyani O‘zbekistonda muhim masala darajasiga olib chiqdik” — Saida Mirziyoyeva

Havo ifloslanishiga qarshi kurashish uchun barcha imkoniyatlar safarbar qilindi va bu o‘z natijasini berdi, dedi Saida Mirziyoyeva.

“Ekologiyani O‘zbekistonda muhim masala darajasiga olib chiqdik” — Saida Mirziyoyeva

 

O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Kirill Altmanning Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida davlat ekologiyani himoya qilish uchun qanday safarbarlik ishlarini tashkil etgani haqida gapirdi. Barqaror samaraga erishish faqat kundalik odatlar o‘zgarganidagina — ham fuqarolar, ham biznes tomonidan — mumkin bo‘ladi, dedi u.

 

“Bu — natijasi darhol ko‘rinmaydigan loyihalar”

 

O‘z mas’uliyat doirasiga kiruvchi ijtimoiy loyihalar va ularning samaradorligini qanday baholashi haqidagi savolga javob berarkan, Saida Mirziyoyeva tashabbuslarning aksariyati uzoq muddatli ekanini qayd etdi.

 

“Men barcha loyihalarimni kuzatib boraman, lekin ko‘p loyihalarim juda uzoq muddatli. Aytaylik, ta’lim, tibbiyot — bular shunday loyihalarki, natijasini bugun yoki ertaga qo‘l bilan ushlab, ko‘rib bo‘lmaydi. Bunga yillar kerak”, — dedi u.

 

Ekologiya sohasidagi tashabbuslar ham shunday loyihalar sirasiga kiradi. Poytaxtdagi noqulay ekologik vaziyat jamiyatda yillar davomida muhokama qilib kelingan. Noyabr oyi oxirida prezident havo sifatini yaxshilash bo‘yicha shoshilinch chora-tadbirlar majmuini tasdiqlagandi.

 

“Biz barcha imkoniyatlarni safarbar qildik. Bizga nima kerak bo‘lsa, prezidentdan „dobro“ oldik. O‘sha oqshomning o‘zidayoq u kishi qo‘llab-quvvatladi. Biz shunchaki ekologiyani eng muhim masalaga aylantirdik, barcha kuchlarni safarbar etdik va hammasini qat’iy nazoratga oldik. Esingizda bo‘lsa, reydlar va shunga o‘xshash tadbirlar bo‘ldi. Nazarimda, bularning bari shunday tezkor natijalarga olib keldi”, — dedi Mirziyoyeva.

 

Ekologiya mavzusiga shaxsiy munosabati haqida gapirarkan, Saida Mirziyoyeva kundalik hayotdan misol keltirib, uning uyida havo sovib ketganda ham isitish tizimi balandlatilmasligini aytdi.

 

“Biz uy issiq bo‘lishi kerak deb o‘rganib qolganmiz, aslida esa 21−23 daraja — bu ajoyib, eng maqbul harorat. Barcha shifokorlar shuni tavsiya qiladi. Bolalar ham chiniqadi”, — deya qo‘shimcha qildi Saida Mirziyoyeva.

 

Uning aytishicha, Yevropada hamma joyda odamlar uyda qalinroq kiyinib yuradi.

 

Intervyu davomida u Germaniyada bo‘lgani va u yerda yo‘laklar, poyezdlar umuman isitilmasligi haqida so‘z ochdi.

 

Shu bilan birga Janubiy Koreyada bo‘lgani va u yer ham dahshatli sovuq ekani, lekin madaniyat shunday ekanligi haqida ham gapirdi.

 

Uning aytishicha, biz ham shu madaniyatga kelishimiz kerak.

 

“Men o‘zimdan, farzandlarimdan boshladim. Bizda hammasi uyimdan boshlanadi. Tajriba quyonchalari. Hammalari onalari islohotchi ekaniga o‘rganib bo‘lgan”, — dedi u.

 

“Ekologiya — biznes yuritish madaniyati”

 

Ekologiya sohasida qabul qilingan choralar barqaror bo‘lishi va havo sifati yomonlashishi takrorlanmasligi uchun nima qilish kerakligi haqidagi savolga javoban Saida Mirziyoyeva biznes va tizimli o‘zgarishlarning rolini ta’kidladi.

 

“Hozir biznesga ekologiya muhim ekanini maksimal darajada o‘rgatyapmiz. Korxonalar filtrlar o‘rnatishi shart. Ekologiya muhim. Bu — shunchaki madaniyat, ham davlat, ham xususiy biznes yuritish madaniyati”.

 

Uning aytishicha, korxonalar bilan ishlash allaqachon samara bermoqda: “Biz biznes bilan — xususiy va davlat sektori bilan — biroz ishladik. Hamma joyda filtr o‘rnatishga majbur qilyapmiz va bu natija beryapti”.

 

“Mashinalar bilan bog‘liq vaziyat ham shunga o‘xshash. Xalq tushunishi kerak, mas’uliyatni zimmasiga olishni, o‘zidan boshlashni o‘rganishi kerak… Mashinalar bo‘yicha ham ishlaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi administratsiya rahbari.

 

Ekologiya haqida gap ketganda Saida Mirziyoyeva pandemiya vaqtini esladi.

 

“Esingizdami, kovid (pandemiyasi) paytida ekologiya qanaqa edi? Qushlar sayrardi. Musaffolik. Demak, bularning bariga erishsa bo‘ladi”, — dedi u.

 

Saida Mirziyoyeva, shuningdek, har tong dunyo mamlakatlaridagi havo ifloslanishini ko‘rsatuvchi yirik IQAir servisini tekshirishini ma’lum qildi.

 

Kuzning ayrim kunlarida Toshkent havo sifati bo‘yicha antireyting yetakchilari qatorida bo‘lgandi.

 

“O‘zgarishlar ta’lim orqali keladi”

 

Boshlovchining: “Odamlar o‘ziga zarar berayotganini tushunib yetishi uchun nega davlat xuddi „bolg‘a“ kabi tepasida turishi kerak?” degan savoliga javoban, Saida Mirziyoyeva asl o‘zgarishlar sekin-asta, vaqt o‘tishi bilan ro‘y berishini aytdi.

 

“Bu ta’lim orqali keladi. Bu vaqt bilan keladi. Bu — tarbiya. Bu odamlarning dunyoqarashi, mas’uliyati bilan bog‘liq”, — dedi u va qo‘shimcha qildi: “Biz buni faqat bolalar ta’limi orqali singdira olamiz”.

 

PA rahbari fuqarolar shaxsiy muammolarni to‘liq davlat zimmasiga yuklash noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi.

 

“Mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan odam, albatta, muvaffaqiyatga erishadi. Bu kelajak ham, farzandlar taqdiri ham bilan bevosita bog‘liq”, — dedi u.

 

Ekologiya — 2026-yil siyosatining ustuvor yo‘nalishi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning dekabr oyidagi murojaatnomasida ekologiya 2026-yilda O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi ta’kidlangan. Rejalarga ekostandartlarni joriy etish, jamoat transportini rivojlantirish, shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish va issiqxonalarni klasterlarga birlashtirish kiradi.

custom img

Toshkent aeroportida qushlardan himoya qiluvchi yangi intellektual tizim joriy etildi

Tizim sun’iy intellekt yordamida qushlarni avtomatik aniqlab, ularni haydash uchun yo‘naltirilgan ovozli va ultratovush signallardan foydalanadi.

custom img

Energetika vazirining Otabek Bakirovning tanqidiy postlari yuzasidan shikoyati qayta ko‘rib chiqilmoqda

Vazir iqtisodchi ustidan avvalgi shikoyati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilganidan so‘ng, IIOga yana murojaat qilgan.

custom img

WOSCU va Islom sivilizatsiyasi markazi Buyuk Britaniyadan yo‘qolgan merosni qaytarishga erishdi

Qaytarilgan buyumlar orasida Markaziy Osiyo tarixining turli davrlariga oid o‘nta bebaho artefakt bor. Ular orasida Kushonlar davri madaniyati, qadimgi Termiz, buddaviy san’at an’analari va Sug‘d merosi bilan bog‘liq topilmalar mavjud. Ayrim ashyolar milodiy II–VIII asrlarga tegishli.

custom img

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi uchta teatrni ko‘zdan kechirdi

Aksariyat poytaxt teatrlarining moddiy-texnik bazasi davlat ko‘magiga muhtojligi qayd etildi.

custom img

Navoiyda kommunal qarzdorliklar MIB orqali undirilmoqda

Natijada kommunal sohadagi ijro hujjatlar qoldig‘i 34,7 foizga qisqartirilgan.

custom img

Toshkentda MIB xodimi dostavkachi rolini o‘ynab, qarzdor otani qo‘lga tushirdi

Erkak 3 yil davomida aliment to‘lamay, MIB xodimlaridan yashirinib kelgan.

custom img

Xorazmda soliq qarzlari sabab mashinalar xatlanmoqda

Bu bo‘yicha MIB tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

custom img

Toshkentda bankdan qarzdor fuqaro mashinasidan ayrildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan avtokredit olib, uni vaqtida to‘lamay kelgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"