O'zbekiston

Endi OTMlar talabalarga moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi

To‘lov-kontrakt to‘lash muddatlari bosqichma-bosqich belgilanib, talabalar uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari kengaytirildi.

Endi OTMlar talabalarga moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi

 


Adliya vazirligi “Ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 2431-5, 21.11.2025). Mazkur hujjat oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibini yanada aniq belgilab berdi.


Yangi tartibga ko‘ra, kontrakt summasining kamida 25 foizi abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha, yuqori bosqich talabalari uchun esa 1 oktyabrgacha to‘lanadi. Shuningdek, to‘lovning kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 martgacha va 100 foizi 1 maygacha amalga oshirilishi lozim. Mazkur muddatlar oliy ta’lim tashkiloti rektori yoki Davlat komissiyasi qaroriga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.


Bundan tashqari, yangi o‘zgartirishlarga muvofiq, OTMlar talabalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida ularga moddiy yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi. Endilikda oliy ta’lim muassasalari bir talaba uchun yiliga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam ajratishi mumkin. Bu yangilik talabalarning moliyaviy yukini yengillashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Endi OTMlar talabalarga moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi | Zamon.uz