O'zbekiston

Farg‘onalik o‘quvchi sun’iy intellekt bo‘yicha dunyodagi ilk universitetga to‘liq grant asosida qabul qilindi

Prezident maktabi bitiruvchisi Otabek Komilov MBZUAI universitetida yiliga 45 ming dollarlik grant asosida tahsil oladi.

Farg‘onalik o‘quvchi sun’iy intellekt bo‘yicha dunyodagi ilk universitetga to‘liq grant asosida qabul qilindi

 


Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Otabek Komilov sun’iy intellektga ixtisoslashgan dunyodagi birinchi universitet — Mohammed Bin Zayed University of Artificial Intelligence (MBZUAI) ga to‘liq grant asosida qabul qilindi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ma’lum qildi.


Talabaga ajratilgan grant miqdori yiliga 45 ming AQSH dollarini tashkil etib, 4 yillik ta’lim davomida jami 180 ming dollarga teng. MBZUAI universiteti QS xalqaro reytingiga ko‘ra sun’iy intellekt yo‘nalishida dunyoning Top-10 oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiradi va AI bo‘yicha yetakchi ilmiy markazlardan biri hisoblanadi.


Otabek Komilovning yutuqlari orasida IELTS imtihonidan 7 ball, Amerika matematika olimpiadasi (AMC) milliy bosqichida oltin medal, Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (SEAMO) milliy bosqichida oltin medal hamda V2E nomli sun’iy intellekt loyihasiga asos solgani bor. Ushbu muvaffaqiyat Prezident maktablari o‘quvchilarining xalqaro miqyosda yuqori bilim va raqobatbardosh salohiyatga ega ekanini yana bir bor namoyon etdi.

custom img

AQSH Erondagi qizlar maktabiga berilgan zarbani tekshirmoqda

Qo‘shma Shtatlar tinch aholini nishonga olmasligi aytilmoqda.

custom img

Qarshi va Buxoroda bozor mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ular bozor hududidagi savdo joylarini noqonuniy rasmiylashtirib berish evaziga 11-80 ming dollar miqdorda pul talab qilgan.

custom img

Yovvoyi tabiat ortidagi mehr: Toshkentda minglab yoshlar ekologiya uchun birlashdi

Butunjahon yovvoyi tabiat kuni munosabati bilan Toshkent hayvonot bog‘ida ekologik tadbir bo‘lib o‘tdi.

custom img

O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyati vaqtincha cheklandi

Jamoat transporti va xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarga gaz yetkazib berish cheklovlarsiz davom etadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi voqealarda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — TIV

Saudiya Arabistonidan evakuatsiya davom etmoqda, BAA’dan repatriatsiya reysi rejalashtirilgan.

custom img

Dohada 500 dan ortiq o‘zbekistonlik vaqtincha mehmonxonalarda yashamoqda

Elchixona ularga zarur amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘monga boradi

O‘zbekiston Prezidenti O‘mon Sultoni bilan telefon orqali muloqot qilib, davlatda bo‘lib turgan fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.

custom img

Yaqin Sharqdan 5 mingdan ortiq o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Bugungi kun holatiga ko‘ra, 21 ta parvoz orqali Madina va Jidda aeroportlaridan 4 948 nafar, Dubaydan esa 235 nafar yo‘lovchi O‘zbekistonga olib kelingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"