Jahon

Shveysariyadagi yong‘inda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmadi

Kurort zonada sodir bo‘lgan yong‘inda qariyb 40 kishi halok bo‘ldi, 115 jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shveysariyadagi yong‘inda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmadi

 

 


Shveytsariyaning janubida joylashgan Kran-Montana chang‘i kurortida Yangi yil bayrami arafasida yuz bergan yong‘in oqibatida qariyb 40 kishi halok bo‘ldi. Hodisa 1-yanvarga o‘tar kechasi soat 01:30 atrofida Le Constellation nomli barda sodir bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yana 115 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan, ularning aksariyatida og‘ir kuyishlar aniqlangan. Bu haqda mamlakat politsiyasi ma’lum qildi.


Favqulodda xizmatlar qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib kelgan. Qutqaruv ishlariga 13 ta vertolyot, 40 dan ortiq tez yordam mashinasi va 150 ga yaqin qutqaruvchi jalb etilgan. Jarohatlanganlar Shveytsariyaning Sion, Lozanna, Tsyurix va Jeneva shaharlaridagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan. Rasmiylar qurbonlar orasida bir nechta davlat fuqarolari borligini bildirgan.


Shveytsariya rasmiylari yong‘in sabablari hozircha aniqlanmaganini, hodisa terrorchilik bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi. Voqea yuzasidan tergov ishlari boshlangan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ham hodisaga munosabat bildirib, vafot etganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmaganini ma’lum qildi hamda marhumlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Shveysariyadagi yong‘inda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmadi | Zamon.uz