O'zbekiston

“Vazifam haqiqatni yetkazish va nazorat qilish” Saida Mirziyoyeva Administratsiya rahbari lavozimiga qo‘yilgani haqida gapirdi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘zining rahbar etib tayinlanishini prezidentga joylardan real maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlash zarurati bilan bog‘ladi.

“Vazifam haqiqatni yetkazish va nazorat qilish” Saida Mirziyoyeva Administratsiya rahbari lavozimiga qo‘yilgani haqida gapirdi

 

 

 


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida o‘zining ushbu lavozimga tayinlanishini prezidentga hududlardan real va ishonchli ma’lumot yetkazish zarurati bilan izohladi. Uning aytishicha, Administratsiya strategiyalar ishlab chiqadi va ijro apparatiga yo‘nalish beradi, amaliy ishlar esa Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilgan. Ko‘zga ko‘rinmaydigan bu jarayon ortida katta jamoa, tahlil, maslahat va strategik qarorlar turadi. Bundan tashqari u davlatning tashqi imkoniyatlari cheklanganini ham aytib o'tdi. O'zbekistonning joylashuv jihatidan dengizga yaqin emasligi bunga misol bo'la oladi. Bunday resurslarni o'rnini to'ldirish uchun esa, albatta katta-katta mablag' kerakligi ta'kidlandi.


Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelgach, mamlakatni ochiqlik va islohotlar sari yetaklaganini ta’kidladi. U bolalar mehnatiga barham berish, valyuta liberallashuvi kabi qarorlar jiddiy qarshiliklarga qaramay amalga oshirilganini qayd etdi. Davlat rahbari tizimni ichidan bilgan holda, uni keskin inkor etmasdan, bosqichma-bosqich o‘zgartirish yo‘lini tanlagan.


O‘z vazifasini “haqiqatni yetkazish va nazorat qilish” deb ta’riflagan Saida Mirziyoyeva prezident uchun eng muhim maqsad — har bir o‘zbekistonlik hayotini yaxshilash ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Administratsiya aynan shu g‘oya bilan ishlaydi. “Biz bu yerda vaqtinchamiz, ammo shu vaqt ichida odamlar hayotini yaxshiroq qilishga xizmat qilishimiz kerak”, — dedi u.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Vazifam haqiqatni yetkazish va nazorat qilish” Saida Mirziyoyeva Administratsiya rahbari lavozimiga qo‘yilgani haqida gapirdi | Zamon.uz