Jahon

Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari uchun sun’iy intellekt repetitorlari joriy etiladi

200 mingdan ortiq o‘qituvchi sun’iy intellekt bo‘yicha tayyorlanadi.

Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari uchun sun’iy intellekt repetitorlari joriy etiladi

 

Qozog‘iston 2026–2026 yillarda ta’lim sohasiga sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini keng joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar berdi.

 

Ta’lim vaziri o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, mamlakatda raqamli profillarning milliy tizimi hamda Milliy ta’lim platformasini yaratish ishlari boshlangan. Ushbu maqsadda Milliy ta’lim ma’lumotlar bazasi modernizatsiya qilinib, elektron kundaliklar va jurnallarni o‘z ichiga olgan barcha LMS tizimlari uchun yagona ma’lumotlar omboriga aylantiriladi.

 

Xabarlarga ko‘ra, sun’iy intellekt agentlari o‘qituvchilarning kundalik ish yukini kamaytiradi, jumladan pedagogik kengashlar va hujjatlarni tayyorlashda yordam beradi.

 

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab kichik maktablar uchun sinov hududlarida “Qazaq Digital Mektebi” loyihasi ishga tushiriladi. Mazkur loyiha doirasida sun’iy intellekt repetitorlari ham faoliyat yuritadi. 2026-yilga kelib esa 200 mingdan ortiq o‘qituvchi amaliy sun’iy intellekt ko‘nikmalariga ega bo‘lishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, o‘quvchilar orasida sun’iy intellekt savodxonligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Ma'lumot o‘rnida, 2026-yil Qozog‘istonda “Raqamlashtirish va sun’iy intellekt yili” deb e’lon qilingan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari uchun sun’iy intellekt repetitorlari joriy etiladi | Zamon.uz