O'zbekiston

Toshkentda 2025-yilda 1500 kishi dorilar orqali o‘z joniga qasd qilishga uringan — SVV

Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z joniga qasd qilishga urinishlar ko‘payishini dorilarning nazoratsiz savdosi bilan izohladi.

Toshkentda 2025-yilda 1500 kishi dorilar orqali o‘z joniga qasd qilishga uringan — SVV

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida o‘z joniga qasd qilishga urinishlar sonining oshishini dori-darmonlarning nazoratsiz sotilishi bilan bog‘ladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov ma’lum qildi.

 

Vazirning aytishicha, 2025-yil davomida Toshkent shahrida 1500 nafar fuqaro dori-darmonlarni qabul qilish orqali o‘z joniga qasd qilishga uringani sababli shifoxonaga yotqizilgan. Ushbu holatlar dori vositalarining shifokor retseptisiz erkin sotilayotgani bilan bevosita bog‘liq ekani ta’kidlandi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil davomida butun mamlakat bo‘ylab 24 mingdan ortiq fuqaro o‘zini o‘zi dori-darmon bilan davolash oqibatida shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilgan. Shundan 418 holatda anafilaktik shok, qariyb 7 ming holatda esa shok rivojlanmasdan dori bilan zaharlanish tashxisi qo‘yilgan.

 

O‘z joniga qasd qilishga urinishlar alohida tahlil qilinar ekan, vazir 2025-yilda Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga 2500 nafar bemor murojaat qilganini, ulardan 1500 nafari aynan dori vositalarini qabul qilish orqali o‘z joniga qasd qilishga uringanini qayd etdi. Asosiy muammo sifatida dori-darmonlarni shifokor retseptisiz istalgan dorixonadan sotib olish imkoniyati ko‘rsatildi.


Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu muammoni hal etishning samarali yo‘llaridan biri sifatida elektron retsept tizimini joriy etishni boshlagan. Mazkur tizim orqali qaysi shifokor tomonidan qaysi dori vositasi buyurilgani, u qaysi dorixonadan va qanday narxda sotib olingani ustidan nazorat o‘rnatiladi. Bu jarayonda shaffoflik va hisobdorlik kuchaytiriladi.


Vazir tug‘ruqxonalardagi vaziyatni misol qilib keltirib, o‘rtacha hisobda davlat tomonidan 120 turdagi dori-darmon va tibbiy buyumlar bepul taqdim etilishini, ularning 70–85 foizi retsept asosida berilishini ma’lum qildi. Shunga qaramay, ayrim hollarda shifokorlar davlat tomonidan kafolatlangan paketda mavjud dorilar o‘rniga bemorlarga tashqaridan dori buyurgan holatlar aniqlangan.

 

Korrupsiya xavflarini kamaytirish maqsadida elektron retsept tizimida dori vositalari faqat xalqaro nomi bilan ko‘rsatiladi, savdo nomini kiritish imkoniyati esa cheklanadi. Klinik ko‘rsatmalarga ko‘ra, shifokor beshtadan ortiq dori buyurishi mumkin emas, zarurat bo‘lsa, bu tibbiy konsilium qarori bilan asoslanishi shart.

 

Asilbek Xudayarov ta’kidlashicha, davolash va dori buyurish vakolati farmatsevtga emas, shifokorga tegishli bo‘lishi lozim. Dorixonada noma’lum mutaxassis tavsiyasi bilan dori xarid qilish amaliyotiga barham berish zarur.

 

Hozirda elektron retsept tizimi Toshkent shahri va 15 ta sinov hududida bosqichma-bosqich joriy etilgan bo‘lib, kelgusida mamlakatning barcha hududlarida tatbiq etilishi rejalashtirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.