O'zbekiston

2026-yilda 1 million fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanadi

O‘zbekistonda ishsizlik va kambag‘allik darajasi 4,5 foizga tushiriladi.

2026-yilda 1 million fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanadi

O‘zbekistonda 2026-yilda ishsizlik va kambag‘allik darajasini 4,5 foizgacha pasaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Botir Zohidov ma’lum qildi.

 

Vazirning aytishicha, hozirda mamlakatdagi ishsizlik darajasi 5,8 foizni tashkil etib, so‘nggi yillarda ushbu ko‘rsatkich sezilarli darajada qisqargan. Kelgusida esa asosiy e’tibor mehnat bozoriga yangi kirib kelayotgan aholining bandligini ta’minlashga qaratiladi.

 

Shu maqsadda 2026-yil davomida 1 million nafar fuqaro doimiy ish joylari bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 4 million nafar aholining daromadini oshirish, jumladan, 1 million nafar kambag‘al aholini daromadni ko‘paytirishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olish ko‘zda tutilmoqda.

 

Bandlik sohasidagi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida norasmiy mehnatni qisqartirish belgilanib, 2026-yilda 1 million nafar norasmiy ishlayotgan fuqaroning faoliyatini rasmiy sektorga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu mehnat bozori shaffofligini oshirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Mazkur maqsadlarni amalga oshirish doirasida qator loyihalar rejalashtirilgan. Xususan, “Bandlik organlari — ish beruvchilar hamkori” loyihasi orqali 30 mingdan ortiq ish beruvchi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, 150 ming nafar fuqaro ish bilan ta’minlanadi.

 

“Mehnatsevar ayol” loyihasi doirasida 40 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan fuqaroni bandlikka jalb etish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, “Mahalliy brendlar tarmog‘i”ni hududlarda kengaytirish orqali kamida 30 ming nafar aholi ish bilan ta’minlanadi.

 

Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘quv-tajriba maydonlarini tashkil etish va yuqori daromadli ekinlarni joriy etish orqali 250 ming nafar aholining daromadini ikki barobarga oshirish maqsad qilingan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida qariyb 5,1 million nafar fuqaro daromadli mehnatga jalb etilgan, shu davrda 450 mingdan ortiq norasmiy ishlayotgan shaxslarning faoliyati rasmiylashtirilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

2026-yilda 1 million fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanadi | Zamon.uz