BMT Xavfsizlik Kengashi Venesuela bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi
Xalqaro hamjamiyat bu masalada ikki pozitsiyaga bo‘lingan.

BMT Xavfsizlik Kengashi AQShning Venesueladagi harbiy operatsiyasi yuzasidan favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda 24KZ va Sinxua axborot agentliklari xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yig‘ilish 5-yanvar - dushanba kuni, soat 10:00 (Nyu-York vaqti bilan) bo‘lib o‘tadi. Hozirda BMT Xavfsizlik Kengashiga Somali raislik qilmoqda. BMTdagi doimiy vakolatxonasi vakili Xadija Ahmadning aytishicha, yig‘ilishning asosiy va yagona mavzusi AQShning Venesueladagi operatsiyasi bo‘ladi.
Xavfsizlik Kengashi a’zolari Venesuelada yuzaga kelgan vaziyat, tinch aholi xavfsizligi va xalqaro huquq normalariga rioya etilishi masalasidan jiddiy xavotir bildirmoqda.
Xalqaro hamjamiyat mazkur voqeaga nisbatan ikki xil pozitsiyani namoyon qilmoqda. Ayrim davlatlar AQSh prezidenti Donald Tramp qarorini qo‘llab-quvvatlasa, boshqalar bu harakatni Venesuela suverenitetining buzilishi sifatida baholamoqda.








