Jahon

Eronda norozilik namoyishlari tufayli internetga kirish taqiqlandi

Eron hukumati avval ham 2009, 2019 va 2022-yillardagi noroziliklar paytida internetga kirishni cheklagan.

Eronda norozilik namoyishlari tufayli internetga kirish taqiqlandi

Eron hukumati mamlakat bo‘ylab davom etayotgan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari sababli internetga kirishni vaqtincha chekladi. Bu haqda IT infratuzilmasini monitoring qiluvchi Cloudflare kompaniyasi ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 3-yanvar kuni Eronda internet trafik hajmi qisqa vaqt ichida qariyb uchdan bir qismga kamaygan. 4-yanvar tongida esa internet faolligi odatiy ko‘rsatkichdan deyarli 15 foizga past bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab foydalanuvchilar keng ko‘lamli uzilishlar kuzatilganini bildirgan.

 

Eslatib o‘tilishicha, Eron hukumati avval ham 2009, 2019 va 2022-yillardagi noroziliklar chog‘ida, shuningdek, 2025-yil iyun oyida Isroil hujumlari paytida internetga kirishni cheklagan. Ayrim hollarda faqat cheklangan sonli rasmiy saytlar ishlagan.

 

Norozilik namoyishlari chog‘ida qurbonlar borligi haqida ham xabarlar kelmoqda. Hengaw Inson huquqlari tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 3-yanvar kuni Eron g‘arbidagi Ilam viloyatining Malekshahi tumanida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) tomonidan namoyishchilarga qarata o‘t ochilgan. Natijada kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan, o‘nlab fuqarolar jarohat olgan.

 

Norvegiyada joylashgan Iran Human Rights (IHR) tashkiloti ham kamida to‘rt nafar fuqaro halok bo‘lgani va 30 kishi yaralangani haqida ma’lum qildi. Shu bilan birga, Eronning Mehr axborot agentligi to‘qnashuvlar vaqtida IRGCning bir nafar xodimi halok bo‘lganini xabar qildi.

 

Norozilik namoyishlari 2025-yil 28-dekabrda boshlangan. Dastlab Tehron va boshqa shaharlarda tadbirkorlar iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi, yuqori inflyatsiya va G‘arb sanksiyalariga qarshi norozilik sifatida do‘konlarini yopishgan. Keyinchalik namoyishlar siyosiy tus olib, ayrim hududlarda to‘qnashuvlarga aylangan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron iqtisodiyoti hozirda 40 foizdan ortiq inflyatsiya va xalqaro sanksiyalar bosimi ostida qolmoqda.

 

AQSh prezidenti Donald Tramp 2-yanvar kuni Eron hukumati tinch namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llasa, Qo‘shma Shtatlar aralashishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eronda norozilik namoyishlari tufayli internetga kirish taqiqlandi | Zamon.uz