Jahon

Nyu-York meri Maduroni hibsga olishga qarshi chiqdi

Zohran Mamdani Tramp bilan bog‘lanib, Maduroning qo‘lga olinishini rejimni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga urinish deb baholadi.

Nyu-York meri Maduroni hibsga olishga qarshi chiqdi

Nyu-York shahri meri Zohran Mamdani Donald Tramp bilan telefon orqali bog‘lanib, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasining qo‘lga olinishi ortidan amalga oshirilgan harakatlarga qarshi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

 

Mamdani matbuot anjumanida so‘zlar ekan, mazkur qo‘ng‘iroq orqali AQShning Venesueladagi harakatlarini “hokimiyatni zo‘ravonlik bilan almashtirishga urinish” sifatida baholaganini va bunga qat’iy norozilik bildirganini aytdi.

 

“Men prezidentga bevosita qo‘ng‘iroq qilib, ushbu harakatga qarshi ekanimni ochiq aytdim. Bunday amallar federal va xalqaro huquq me’yorlariga zid bo‘lib, ular doimiy va bir xil tarzda hurmat qilinishi kerak”, — dedi Mamdani.

 

Avvalroq u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida AQShning Venesueladagi operatsiyasini “urush harakati” va “ochiqdan-ochiq rejimni o‘zgartirishga urinish” deb atagan edi.

 

Merning ta’kidlashicha, Venesuelaga nisbatan amalga oshirilayotgan bunday siyosat nafaqat xorijdagi vaziyatga, balki Nyu-Yorkda yashayotgan o‘n minglab venesuelaliklarga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

“Bizning ustuvor vazifamiz — Nyu-York aholisi, jumladan venesuelalik diasporaning xavfsizligini ta’minlashdir. Shahar ma’muriyati vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Nyu-York meri Maduroni hibsga olishga qarshi chiqdi | Zamon.uz