Jahon

Venesuela Oliy sudi mamlakat vitse-prezidentini vaqtinchalik prezident etib tayinladi

Nikolas Maduro qo‘lga olinishi natijasida o‘z konstitutsiyaviy vakolatlarini bajarish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Venesuela Oliy sudi mamlakat vitse-prezidentini vaqtinchalik prezident etib tayinladi

Venesuela Oliy sudi mamlakat prezidenti Nikolas Maduroning qo‘lga olinishi ortidan yuzaga kelgan favqulodda vaziyat munosabati bilan ijro hokimiyatida vaqtinchalik o‘zgarishlar kiritdi.

 

Sudning Konstitutsiyaviy palatasi qaroriga ko‘ra, vitse-prezident Delsi Rodriges Venesuela Respublikasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Ushbu qaror davlat telekanali VTV orqali Konstitutsiyaviy palata raisi Karisliya Beatriz Rodriges tomonidan e’lon qilindi.

 

Qarorda ta’kidlanishicha, Nikolas Maduroning qo‘lga olinishi natijasida u o‘z konstitutsiyaviy vakolatlarini bajarish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

 

Shu sababli vaziyat “favqulodda va vaqtinchalik huquqiy imkonsizlik holati” sifatida baholangan.

 

“Respublika ijrochi vitse-prezidentiga Prezident lavozimiga oid barcha vakolatlar, majburiyatlar va funksiyalarni amaldagi qonunchilik doirasida vaqtincha amalga oshirish topshirildi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

 

Shuningdek, mazkur chora davlat boshqaruvida uzluksizlikni saqlash, milliy xavfsizlikni ta’minlash va mamlakatning konstitutsiyaviy barqarorligini himoya qilish maqsadida qabul qilingani qayd etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 3-yanvarga o‘tar kechasi Karakas shahrida bir nechta portlashlar sodir bo‘lgan.

Hujumlar oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar borligi xabar qilingan.

 

Venesuela bosh prokurori Tarek Uilyam Saab AQShni Karakasdagi hujumlar uchun mas’ul deb hisoblashini bildirib, Nikolas Maduro va uning rafiqasiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan har qanday zarar uchun AQSh hukumati javobgar bo‘lishini ta’kidladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Venesuela Oliy sudi mamlakat vitse-prezidentini vaqtinchalik prezident etib tayinladi | Zamon.uz