O'zbekiston

2030-yilga kelib O‘zbekistonda aholining 85 foizi doimiy ichimlik suvi bilan taʼminlanadi

Tuyamuyun suv ombori kengaytirilib, ichimlik suvi zaxirasi oshiriladi.

2030-yilga kelib O‘zbekistonda aholining 85 foizi doimiy ichimlik suvi bilan taʼminlanadi

 

“O‘zbekiston–2030” strategiyasining qayta ko‘rib chiqilgan loyihasiga ko‘ra, 2030 yilga kelib mamlakat aholisining 85 foizi ichimlik suvi xizmatlaridan doimiy va barqaror foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Ushbu maqsad shaharlar va qishloq hududlarini to‘liq qamrab oladi.

 

Hujjatda qayd etilishicha, ichimlik suvi bilan taʼminlash qamrovi bosqichma-bosqich oshiriladi. Jumladan, 2026 yilda bu ko‘rsatkich 82 foizga, 2027 yilda 83 foizga, 2028 yilda 84 foizga, 2029 yilda 84 foizga va 2030 yilga kelib 85 foizga yetkazilishi belgilangan.

 

Asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida Tuyamuyun suv omborini kengaytirish nazarda tutilmoqda. Uning sig‘imini qo‘shimcha 1 milliard kub metrga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu 1,2 million gektar maydonda suv taʼminotini yaxshilash va ichimlik suvi zaxirasini shakllantirish imkonini beradi.

 

Shu bilan birga, suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytiriladi. 2030 yilga kelib suvdan foydalanish samaradorligini 25 foizga oshirish, qishloq xo‘jaligi yerlarining 100 foizini suvni tejovchi texnologiyalar bilan jihozlash rejalashtirilgan. Tomchilatib sug‘orish maydoni 500 ming gektarga kengaytiriladi, ushbu texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar quvvati esa yiliga 300 ming gektarga yetkaziladi.

 

Isteʼmolni aniq hisobga olish maqsadida barcha ichimlik suvi isteʼmolchilarini 100 foiz hisoblagichlar bilan taʼminlash ko‘zda tutilgan.

 

Bundan tashqari, suv xo‘jaligi tizimidagi muammolarni hal etish rejalashtirilmoqda. Xususan, yer osti suvlari sathi muammoli bo‘lgan maydonlar 773,4 ming gektargacha qisqartiriladi. Beton qoplamali magistral va xo‘jaliklararo kanallarning uzunligi 13,1 ming kilometrga yetkazilib, bu ularning umumiy ulushining 46 foizini tashkil etadi. Davlat-xususiy sheriklik asosida boshqariladigan suv xo‘jaligi inshootlari soni esa 2000 taga yetkaziladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

2030-yilga kelib O‘zbekistonda aholining 85 foizi doimiy ichimlik suvi bilan taʼminlanadi | Zamon.uz