Jahon

Bayden AQSH sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiya olmoqda

U oladigan nafaqasi sobiq prezident Barak Obamaning nafaqasidan qariyb ikki baravar ko‘p.

Bayden AQSH sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiya olmoqda

 

AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden Oq uy rahbarlari orasida eng yuqori davlat pensiyasiga ega bo‘ldi. Bu haqda The New York Post nashri xabar berdi.

 

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Bayden yiliga taxminan 417 ming dollar miqdorida nafaqa oladi. Bu ko‘rsatkich uning prezidentlik davridagi yillik maoshidan ham yuqori bo‘lib, sobiq prezident Barak Obamaning nafaqasidan qariyb ikki baravar ko‘pdir.

 

Milliy soliq to‘lovchilar jamg‘armasi vitse-prezidenti Damian Bredining taʼkidlashicha, Baydenning uzoq yillik siyosiy faoliyati unga bunday yuqori nafaqa tayinlanishiga sabab bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden prezidentlikdan ketganidan keyingi ilk yil davomida bir vaqtning o‘zida ikki davlat nafaqa jamg‘armasidan to‘lov olish huquqiga ega bo‘lgan.

 

Avvalroq Politiso nashri manbalarga tayanib, Bayden nafaqaga chiqqach, kamtarona turmush tarzini tanlagani, hashamatli hayotdan tiyilganini xabar qilgan edi.

 

Shuningdek, may oyida jurnalistlar Jeyk Tapper va Aleks Tompson muallifligidagi “Asl gunoh: Prezident Baydenning qulashi, uning yashirinishi va yana nomzodini qo‘yishdagi halokatli qarori” nomli kitob chop etildi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Bayden AQSH sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiya olmoqda | Zamon.uz