Jahon

Xitoyda litsenziyasiz intervyu va yangiliklar nashr etish taqiqlanadi

Ushbu chora-tadbirlar internetdagi salbiy kayfiyat, vahima tarqalishi, fitna nazariyalari va soxta rasmiy bayonotlar tarqalishini oldini olishga qaratilgan.

Xitoyda litsenziyasiz intervyu va yangiliklar nashr etish taqiqlanadi

 

Pekin shahrining Kibermakon maʼmuriyati 2025 yil dekabr oyida onlayn yangiliklarni nazorat qilish bo‘yicha bir oylik maxsus kampaniyani boshladi. Ushbu tadbir qonunbuzarliklarning oldini olish, yetakchi ommaviy axborot vositalarining taʼsirini kuchaytirish va sog‘lom internet muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi Xitoy Markaziy Televideniyesi (СCTV).

 

Kampaniya doirasida noqonuniy onlayn axborot faoliyati qatʼiy nazoratga olinadi. Xususan, litsenziyasiz intervyular, yangiliklarni to‘plash, tahrirlash va nashr etish, maʼlumotlarni buzib yoki kontekstdan chiqarib ko‘rsatish taqiqlandi. Shu bilan birga, jamoatchilikni chalg‘ituvchi akkauntlar, fotosuratlar va nomlardan foydalanish ham kuzatiladi.

 

Rasmiy bayonotga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar internetdagi salbiy kayfiyat, vahima tarqalishi, fitna nazariyalari va soxta rasmiy bayonotlar tarqalishini oldini olishga qaratilgan. Kampaniya “Toza poytaxt – toza manbalar, haqiqiy ovoz” shiori ostida o‘tkazilmoqda va barcha noqonuniy faoliyatlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha choralarni o‘z ichiga oladi.

 

Xitoy rasmiylari iyul oyida voyaga yetmaganlar uchun onlayn muhitni himoya qilish kampaniyasini boshlaganini ham eslatdi. Avvalroq esa internetdagi axborot nazorati va kiberhujumlardagi haqoratli so‘zlar ustidan monitoring kuchaytirilgan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Xitoyda litsenziyasiz intervyu va yangiliklar nashr etish taqiqlanadi | Zamon.uz