O'zbekiston

Yanvar boshida havo harorati asta-sekin ko‘tariladi

1–8-yanvar kunlari O‘zbekiston hududlarida yog‘ingarchilik kam bo‘lib, ayrim joylarda tuman kuzatiladi.

Yanvar boshida havo harorati asta-sekin ko‘tariladi

«O‘zgidromet» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-yanvardan 8-yanvargacha O‘zbekiston hududida asosan quruq va o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi.

 

Ayrim hududlarda tuman tushishi ehtimoli mavjud, shamol yo‘nalishi va tezligida o‘zgarishlar kutilmoqda.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

 

Hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. 5–8-yanvar kunlari havo harorati 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlari

 

Havo asosan quruq va o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib, 7–12 m/s tezlikda esadi, 1–2-yanvar kunlari ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. 5–8-yanvarda havo harorati 0–5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

 

Toshkent shahri va Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

 

Hududlarda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

5–7-yanvar kunlari kechasi havo harorati 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

8-yanvar kuni esa kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

 

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 5–8-yanvar kunlari havo harorati 8–13 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

 

Hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5–8-yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi ehtimoli mavjud. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 0–5 daraja iliqdan 0–5 daraja sovuqqacha, kunduzlari 3–8 daraja iliqdan 5–10 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

 

Respublikaning tog‘li hududlari

 

Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘ishi kutiladi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 2–7 daraja sovuqdan 2 daraja sovuq–3 daraja iliqqacha, kunduzlari esa 2 daraja sovuq–3 daraja iliqdan 2–7 daraja iliqqacha o‘zgaradi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Yanvar boshida havo harorati asta-sekin ko‘tariladi | Zamon.uz