O'zbekiston

2025-yilda 165 mingdan ortiq haydovchi jarima ballarini oldi

2026-yil 1-apreldan jarima ballari avtomatik kameralar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklarga ham qo‘llaniladi.

2025-yilda 165 mingdan ortiq haydovchi jarima ballarini oldi

 

2025-yilda O‘zbekistonda 165 mingdan ortiq haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari uchun jarima ballarini oldi. Barcha jarima ballarining qariyb uchdan bir qismi yilning so‘nggi ikki oyiga to‘g‘ri keladi.

 

Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YXX) matbuot kotibi Zoir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzganlik uchun jarima ballari tizimi 2025-yil 1-iyundan boshlab joriy etilgan bo‘lib, hozirda faqat yo‘l harakati politsiyasi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida qo‘llanilmoqda.

 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, uch nafar haydovchi 7,5–8 ball, ikki nafar haydovchi 6,5–7 ball, 12 nafar haydovchi esa 5,5–6 ball to‘plagan. Qoidabuzarlarning aksariyati — 165 193 nafar haydovchi — 0,5 dan 5 gacha jarima balliga ega.

 

Shuningdek, faqat 2025-yil noyabr va dekabr oylarida 50 mingdan ortiq haydovchiga jarima ballari berilgan.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, jarima ballari qoidabuzarlik sodir etilgan paytda transport vositasini boshqarib turgan haydovchiga rasmiylashtiriladi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 1-apreldan boshlab avtomatik foto va videokameralar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari hisoblanadi.

 

YXX shuningdek, 12 oy davomida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish chorasi qo‘llanilishini eslatdi. Bunda kelgusi yilda sodir etilgan birinchi qoidabuzarlik uchun jarima balli hisoblanmaydi. 12 balldan ortiq ball to‘plagan haydovchilar esa haydovchilik guvohnomasidan mahrum etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

2025-yilda 165 mingdan ortiq haydovchi jarima ballarini oldi | Zamon.uz