O'zbekiston

9 nafar sudlanuvchi, 1760 nafardan ortiq jabrlangan va 10 ming varoq ayblov xulosasi — "Credit House” ishi

Advokat suddan OAV xodimlariga tasvirga, audioga olishga ruxsat berishni, ammo ish bo‘yicha hukm kuchga kirgunga qadar ularni internet tarmoqlariga joylashga ruxsat bermaslikni so‘radi.

9 nafar sudlanuvchi, 1760 nafardan ortiq jabrlangan va 10 ming varoq ayblov xulosasi — "Credit House” ishi

 

Bugun, 6-dekabr kuni "Credit House” ishi bo‘yicha navbatdagi sud boshlandi, deya xabar qilmoqda Zamon muxbiri.

 

Sud avvalida advokatlardan biri OAV xodimlari tasvirga, audioga olishga ruxsat berishni ammo ish bo‘yicha hukm kuchga kirgunicha internet tarmoqlariga joylamaslikni so‘radi. Advokatga ko‘ra, sud boshlanishida berilgan video ostidagi izohlarda hali aybdorligi isbotlanmaganlarga nisbatan haqoratli so‘zlar yozilgani bilan izohladi. Prokuror va boshqa advokatlar bu iltimosnomani qanoatlantirishni so‘radi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, JIB Yakkaroy tuman sudi sudyasi Bahodir Qayumov raisligida o'tgan sudda 9 nafar sudlanuvchi ulardan jabrlanganlar esa 1760 nafardan ortiqni tashkil etmoqda.

 

Ko‘p yillar huquqshunos bo‘lganini aytgan jabrlanuvchi birinchi bo‘lib ko‘rsatma berdi. U 289 mln so‘m to‘lov qilganini, bir so‘mi ham qaytarilmaganini aytdi. Onaxon aldangandan keyin qandli diabet kasalligini orttirgan. Jabrlanuvchi ochiqda saqlanayotgan sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorani o‘zgartirib, qamoqqa olishni so‘radi.

 

Qayd etilishicha, Baxtiyor Amzayev, Dmitriy Bajenov, Robiya Galyamova, Klara Talipova, G‘ayrat Mirkamalov va Bahrom Hikmatullayev Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari (uyushgan guruh tomonidan juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 170-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (mulkiy zarar yetkazish), 177-moddasi 4-qismi “a,b” bandlari (juda ko‘p miqdorda valuta qimmatliklarining qonunga xilof muomalasi), 178-moddasi 3-qismi (chet el valutasini yashirish), 184-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdordagi soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 192¹¹-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 243-modda (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan ayblanmoqda.

 

Shuningdek, Alisher Shamsiddinovga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a,v”, 170-modda 2-qismi “a,v”, 177-moddasi 4-qismi “a,b”, 192¹¹-moddasi 2-qismi “a,v” va 243-modda bilan, Shoira Rahimova va Shuxrat Mahamadovga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a,v”, 170-modda 2-qismi “a,v”, 177-moddasi 4-qismi “a,b”, 178-modda 3-qismi, 192¹¹-moddasi 2-qismi “a,v”, 243-modda bandlari bo‘yicha ayblov eʼlon qilingan.

 

Jinoyat natijasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararning aniq miqdori hozircha maʼlum emas.

 

Sudlanuvchining advokati ishga aloqador "NEW GENESIS" qurilish kompaniyasiga nisbatan ham jinoiy ish ochishni so‘radi. "Credit House” fuqarolardan pulni olgan va "NEW GENESIS"ga bergan va bu kompaniya uy qurib berishi kerak bo‘lgan.

 

Dastlabki tergov organiga mazkur jinoyat ishiga qo‘shish haqida 6 ta ariza berilgan. Biroq, jinoyat ishiga kiritilmagan.

 

Prokuror iltimosnomani rad qilishni so‘radi.

 

Sud majlisi bir haftada uch kun bo‘lib o‘tadi. Navbatdagi sud juma kuni bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

9 nafar sudlanuvchi, 1760 nafardan ortiq jabrlangan va 10 ming varoq ayblov xulosasi — "Credit House” ishi | Zamon.uz