Jahon

Erdo‘g‘an Tramp bilan Venesueladagi vaziyatni muhokama qildi

Suverenitetga tajovuz global beqarorlikka sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.

Erdo‘g‘an Tramp bilan Venesueladagi vaziyatni muhokama qildi

 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSH prezidenti Donald Tramp bilan Venesueladagi vaziyat yuzasidan telefon orqali suhbatlashganini maʼlum qildi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.

 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, telefon muloqoti chog‘ida Turkiya tomonining mazkur vaziyat borasidagi xavotirlari AQSH prezidentiga yetkazilgan.

 

“Prezident Donald Tramp bilan telefon orqali suhbat davomida mamlakatimizning Venesueladagi jarayonlar bo‘yicha xavotirlarini bildirdik”, — dedi Erdo‘g‘an.

 

U suverenitetning buzilishi va xalqaro huquq normalariga amal qilinmasligi global miqyosda jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli holat ekanini taʼkidladi. Erdo‘g‘an qonun ustuvorligi o‘rnini kuch ustunligi egallagan sharoitda beqarorlik, inqirozlar va nizolar muqarrar ekanini qayd etdi.

 

Turkiya yetakchisi Venesuela xalqini do‘stona xalq sifatida baholaganini va mamlakatni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ustidan sud jarayonining ilk majlisi Nyu-York federal sudida bo‘lib o‘tdi. AQSH bosh prokurori Pam Bondi Maduro va uning rafiqasini “narkoterrorizm”, qurol saqlash hamda giyohvand moddalar kontrabandasi ayblovlari bilan sudga tortilganini maʼlum qildi. Sudya ishni davom ettirish uchun navbatdagi majlisni 17 mart sanasiga belgiladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.