Jahon

Erondagi namoyishlarda 35 kishi halok bo‘ldi

1200 dan ortiq fuqaro hibsga olingan.

Erondagi namoyishlarda 35 kishi halok bo‘ldi

 

Eronda davom etayotgan norozilik namoyishlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 kishiga yetdi, 1200 dan ortiq fuqaro hibsga olindi.

 

Bu haqda HRANA huquqni himoya qilish tashkiloti maʼlum qildi deydi mediz.az nashri. Qayd etilishicha, huquq-tartibot organlari tomonidan jami 1200 nafardan ortiq namoyish ishtirokchisi qo‘lga olingan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 29 nafar namoyishchi, to‘rt nafar voyaga yetmagan shaxs hamda ikki nafar xavfsizlik xizmati xodimi bor.

 

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida norozilik namoyishlari faolligi pasaygan, zo‘ravonlik holatlari qayd etilmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Eronda norozilik namoyishlari 28 dekabr kuni milliy valyuta — rialning AQSH dollariga nisbatan keskin qadrsizlanishi ortidan boshlangan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Erondagi namoyishlarda 35 kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz