O'zbekiston

“Haydovchi suv ichmoqchi bo‘lgan, qurbonlar 2 nafardan ko‘p”

Vafot etgan shaxslardan biri 2017-yilda, yana biri esa 2004-yilda tug‘ilgan, yana bir qurbon esa bir oilaning yakkayu yolg‘iz 20 yoshli qizi bo‘lgan. Shuningdek, Zamon.uz'ga avtobusning ag‘darilib ketishiga nima sabab bo‘lgani bo‘yicha ham baʼzi maʼlumotlar yetib keldi.

“Haydovchi suv ichmoqchi bo‘lgan, qurbonlar 2 nafardan ko‘p”

Navoiy viloyatida avtobusning YTHga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar soni ikki nafardan ko‘p. Bu haqida Zamon.uz'ga bir-biridan mustaqil manbalar xabar bermoqda.

 

 

Vafot etgan shaxslardan biri 2017-yilda, yana biri esa 2004-yilda tug‘ilgan, yana bir qurbon esa bir oilaning yakkayu yolg‘iz 20 yoshli qizi bo‘lgan. Zamon.uz manbalardan olgan ushbu maʼlumotlarni rasmiy idoralar orqali tasdiqlay olmadi. Biroq uch inson vafot etgani tasdiqlandi. Shuningdek, Zamon.uz'ga avtobusning ag‘darilib ketishiga nima sabab bo‘lgani bo‘yicha ham baʼzi maʼlumotlar yetib keldi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, avtobus Navoiy viloyatining Uchquduq tumanidan Toshkentga ketayotgan bo‘lgan. Haydovchi harakat vaqtida suv ichish uchun chalg‘ib, chap qo‘li bilan boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan. Biroq ushbu vaqtda avtobusning tezligi qancha bo‘lgani nomaʼlum.

 

Zamon.uz mazkur avtobus ichida bo‘lgan yo‘lovchilardan bir bilan ham suhbatlashdi.

 

“Men Uchquduqdan chiqqanman, avtobusning 46-o‘rindig‘ida edim. Yo‘lda uxlab ketayotganim uchun birdan nimalar bo‘lganini anglamay qoldim. Ko‘zimni ochganimda avtobus ag‘darilgan, men esa pastda qolib ketgandim. Hamma chiqishga harakat qildi, kimdir kimdirga yordam berdi. 10 minutlardan keyin boshqa bir avtobus to‘xtab, bizga yordam berishdi. Shundan keyin yordam kuchlari chaqirildi. Bir qiz joni uzilgandi shekilli, otasi bo‘lsa kerak, ko‘tarib olib ketdi. Meni va bir qancha kishilarni boshqa avtobusga chiqarib jo‘natishdi. U yerda nimalar bo‘lganini boshqa bilmayman. Hozir ahvolim yaxshi. Biroz yelkam og‘riyapti, qo‘rqdim. Yuragim tushib qoldi shekilli”, deydi yo‘lovchi yigit.

 

Hodisa joyiga eng yaqin manzil Zarafshon shahri bo‘lgani bois jabrlangan yo‘lovchilar darhol mazkur hududning tibbiyot birlashmasiga olib ketilgan va kerakli choralar ko‘rilgan. Bemorlar umurtqa pog‘onasi, qo‘l, tirsak suyaklari sinishi va bosh miya jarohatlari kabi tashxislar bilan hamda nisbatan qoniqarli va og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

 

IIV YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshevga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

O‘zbekistonda 1,5 million xotin-qizni daromadli qilish rejalashtirilmoqda

Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shgan ayollar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi, 28 nafar iqtidorli qizga Zulfiya nomidagi davlat mukofoti topshirildi.

custom img

Ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi ikki karra oshiriladi

Maktabni bitirib, davlat texnikumlariga kirgan qizlarni kasbga o‘qitish to‘liq davlat granti asosida bo‘ladi.

custom img

O‘zbekistonda “Daromadli ayol” dasturi boshlanadi

Mazkur dastur orqali lider tadbirkorlar yordamida kasanachilik, hunarmandchilik, parrandachilik, asalarichilik va tomorqachilik yo‘nalishlarida 50 ming ayol bandligi ta’minlanadi.

custom img

Jizzaxda aliment to‘lamagan ota mashinasidan ayrildi

Maʼlumotlarga ko‘ra, uning alimentdan qarzi 20 million so‘mga yetgan.

custom img

Jizzaxda 22,6 mlrd aliment undirildi, 122 nafar qarzdor topildi

Joriy yil boshidan buyon 900 dan ziyod ijro hujjati tamomlangan.

custom img

Yangiyo‘lda ota qamalganidan so‘ng 25 mln aliment to‘ladi

Tumanida aliment bo‘yicha qarzdorlarga qonuniy choralar qo‘llanilmoqda.

custom img

Farg‘onada ota 5 ming dollar aliment to‘ladi

Shu tariqa ijro hujjati muddatidan avval tamomlangan.

custom img

Andijonda kreditdan qarzdor fuqaro mashinasidan ayrildi

Qarzdorlik o‘z vaqtida to‘lanmagani bois MIB xodimlari tomonidan garovdagi mulk xatlanib, auksion savdolariga chiqarilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"