O'zbekiston

O‘zgidromet xodimining yuqori tog’da xizmat vaqtida ahvoli og’irlashib qoldi

Mudofaa vazirligi harbiy-havo kuchlarining navbatchi qidiruv-qutqaruv ekipaji vertolyot yordamida tungi qutqaruv amaliyotini muvaffaqiyatli amalga oshirgan va xodim tezkorlik bilan Chirchiq shahridagi tibbiyot muassasasiga yetkazilgan.

O‘zgidromet xodimining yuqori tog’da xizmat vaqtida ahvoli og’irlashib qoldi

O‘zgidromet agentligining xabarida ko'ra, 5-yanvar kuni Ugam–Chatqol tog‘ tizmasining borish qiyin bo‘lgan hududida joylashgan “Oygaing” yuqori tog‘li meteorologik kuzatuv stansiyasida xizmat olib borayotgan xodimning ahvoli keskin yomonlashgan. Bu haqda O‘zgidromet rahbariyati Mudofaa vazirligiga murojaat qilib, uni zudlik bilan evakuatsiya qilish zarurligini ma’lum qilgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.

 

Shundan so‘ng Mudofaa vazirligi Harbiy-havo kuchlarining navbatchi qidiruv-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Murakkab relef va qorong‘u vaqtga qaramay, vertolyot yordamida tungi qutqaruv amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va xodim tezkorlik bilan Chirchiq shahridagi tibbiyot muassasasiga yetkazilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, evakuatsiya qilingan shaxs — O‘zgidromet agentligining Oygaing qor ko‘chki stansiyasi boshlig‘i R. Ibragimov bo‘lib, unga Chirchiq shahridagi tez tibbiy yordam markazida o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Ayni paytda xodimning ahvoli barqaror, u malakali shifokorlar nazoratida ekani aytimoqda. O‘zgidromet tomonidan barcha zarur dori-darmonlar va davolanish xarajatlari bilan ta’minlanayotgani bildirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.