"Tashkent City" hududida yong‘in yuz berdi
Hozirda yong‘in sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bugun, 6-yanvar kuni ertalab Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan Tashkent City hududida yong‘in kelib chiqdi.
Favqulodda vaziyatlar xizmatining ma’lum qilishicha, Botir Zokirov ko‘chasida joylashgan konteynerlardan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar soat 08:55 da qabul qilingan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga ikki daqiqa ichida yetib kelgan.
Soat 09:01 ga kelib yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdorini aniqlanmoqda.







