O'zbekiston

Toshkent aeroportidagi elektr uzilishlari Qo‘yliq podstansiyasidagi avariya bilan bog‘liq emas

Milliy elektr tarmoqlari “O‘zbekiston aeroportlari” bayonotini rasman rad etdi.

Toshkent aeroportidagi elektr uzilishlari Qo‘yliq podstansiyasidagi avariya bilan bog‘liq emas

 

Toshkent aeroportida kuzatilgan elektr taʼminoti uzilishlari yuzasidan davlat idoralari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ “O‘zbekiston aeroportlari” tomonidan ilgari surilgan, uzilishlar Qo‘yliq podstansiyasidagi avariya bilan bog‘liq degan maʼlumotni rasman rad etdi.

 

Maʼlum qilinishicha, elektr uzilishi aeroport tasarrufidagi kabel liniyasida yuzaga kelgan qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, Toshkent aeroporti elektr energiyasini beshta kabel liniyasi orqali qabul qiladi. Ushbu liniyalarning to‘rttasi Qo‘yliq podstansiyasidan, bittasi esa Toshkent issiqlik elektr stansiyasidan tortilgan. Biroq, bu keng tarmoqning barchasi aeroportga tegishli va tizimdagi nosozliklar aynan o‘sha yerda boshlangan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, elektr uzilishlari 2-yanvar kuni ikki kabel liniyasining bir vaqtning o‘zida ishdan chiqishi bilan boshlangan. Ulardan biri tezkor ravishda tiklangan bo‘lsa, ikkinchi liniyada taʼmirlash ishlari hali davom etmoqda. Vaziyat 4-yanvar kuni yana bir kabel liniyasining ishdan chiqqan va 5-yanvar kuni ishga tushirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent aeroportidagi elektr uzilishlari Qo‘yliq podstansiyasidagi avariya bilan bog‘liq emas | Zamon.uz