O'zbekiston

Toshkentda tunda qo‘lida pichoq bilan yurgan erkak qamaldi

U ko‘p qavatli uylarning birida qo‘shnisining xonadoni eshigini taqillatib, uni bezovta qilgan.

Toshkentda tunda qo‘lida pichoq bilan yurgan erkak qamaldi

 

Toshkent shahrida jamoat tartibini buzgan shaxs ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkorlik bilan aniqlanib, maʼmuriy tartibda ushlangan. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, 5-yanvar kuni soat 01:35 atrofida 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro O.S. mast holatda Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida qo‘shnisi D.Y.ning xonadoni eshigini taqillatib, bezovta qilgan. U umumiy foydalanishdagi yo‘lakda bo‘lgan holda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyoni qonunga xilof ravishda olib yurgan va jamoat tartibini buzgan.

 

Mazkur holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, jamoatchilikda xavotir uyg‘otgan. Xabar kelib tushishi bilan tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, huquqbuzar maʼmuriy tartibda ushlandi.

 

Holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaro O.S.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 185-2-moddasi (sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) hamda 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

 

To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudiga yuborildi. Sud qarori bilan huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda tunda qo‘lida pichoq bilan yurgan erkak qamaldi | Zamon.uz