Jahon

AQSh Grenlandiyani egallasa, NATO parchalanadi — Daniya Bosh vaziri

Grenlandiya masalasi NATO va Yevropa xavfsizligi uchun jiddiy xavf sifatida ko‘rilmoqda.

AQSh Grenlandiyani egallasa, NATO parchalanadi — Daniya Bosh vaziri

 

Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen AQShning Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatishga urinishlari NATO ittifoqining barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda RTVI xabar berdi.

 

U Daniyaning TV2 telekanaliga bergan intervyusida, agar Qo‘shma Shtatlar Daniyaning avtonom hududi hisoblangan Grenlandiyaga nisbatan harbiy harakatlarga qo‘l ursa, bu NATO uchun halokatli oqibatlarga sabab bo‘lishini ta’kidladi.

 

“Аgar Qo‘shma Shtatlar boshqa NATO a’zosiga harbiy hujum qilishga qaror qilsa, unda hammasi yakunlanadi — nafaqat alyansning o‘zi, balki Ikkinchi jahon urushidan buyon ta’minlab kelinayotgan umumiy xavfsizlik tizimi ham”, — dedi Frederiksen.

 

Bosh vazir Daniya hukumati ehtimoliy hujumning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rayotganini bildirib, AQShni “qabul qilib bo‘lmaydigan bosim”da aybladi va bu holatni “xalqaro hamjamiyatga qarshi asossiz hujum” deb baholadi.

 

Mazkur bayonot AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiya bo‘yicha so‘nggi tahdidlari fonida yangradi. Bloomberg agentligi qayd etishicha, Frederiksen joriy yilda saylovlar oldidan jamoatchilik tomonidan aniq harakatlar rejasini taqdim etish borasida kuchayib borayotgan bosim ostida qolmoqda.

 

4-yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiya Qo‘shma Shtatlar uchun “juda zarur” ekanini bildirib, mazkur masalani qisqa muddat ichida qayta ko‘rib chiqishini aytgan. U hudud ustidan nazorat o‘rnatish uchun harbiy kuch ishlatish ehtimolini ham istisno etmadi.

 

Bloomberg tahlilchilariga ko‘ra, bunday bayonotlar Yevropa va NATO uchun uzoq muddatli siyosiy va harbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh Grenlandiyani egallasa, NATO parchalanadi — Daniya Bosh vaziri | Zamon.uz