Jahon

Eron 80 million fuqaroga oylik to‘lovlar joriy etilishini maʼlum qildi

Eron hukumati ommaviy noroziliklar fonida aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga urinmoqda.

Eron 80 million fuqaroga oylik to‘lovlar joriy etilishini maʼlum qildi

 

Eron rasmiylari mamlakatda kuchayib borayotgan iqtisodiy inqiroz va ommaviy norozilik namoyishlari fonida aholiga yangi oylik pul to‘lovlari dasturi joriy etilishini eʼlon qildi. Hukumat mazkur chora orqali ijtimoiy keskinlikni yumshatishni maqsad qilgan.

 

Inbusiness.kz nashri Bloomberg agentligiga tayanib xabar berishicha, Eron Mehnat vaziri ushbu to‘lovlar taxminan 80 million kishini, yaʼni deyarli butun mamlakat aholisini qamrab olishini maʼlum qilgan. Dastur doirasida fuqarolarga oyiga taxminan yetti dollar miqdorida mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.

 

Qayd etilishicha, mazkur qaror xalqaro sanksiyalar sabab iqtisodiy vaziyatning keskin yomonlashuvi, shuningdek, neft eksportidan tushadigan daromadlarning kamayishi sharoitida qabul qilingan.

 

Bloomberg maʼlumotlariga ko‘ra, Eron iqtisodiyoti jiddiy bosim ostida qolmoqda: milliy valyuta qiymatining yarmidan ko‘pini yo‘qotgan, yillik o‘rtacha inflyatsiya darajasi esa 42,2 foizga yetgan. Asosiy tovarlar va xizmatlar narxining oshishi millionlab oilalarning turmush darajasiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, norozilik kayfiyatining kuchayishiga sabab bo‘lgan.

 

To‘lovlar dasturi keng ko‘lamli norozilik namoyishlari davom etayotgan bir paytda eʼlon qilindi. Inson huquqlari faollarining maʼlumotlariga ko‘ra, namoyishlar mamlakat bo‘ylab 78 ta shahar va 222 ta aholi punktini qamrab olgan. Ayrim namoyishchilar ochiqchasiga Oliy rahbar Ali Xomanaiy boshchiligidagi rejimning isteʼfosini talab qilmoqda.

 

Shu bilan birga, vaziyat kuch ishlatish choralarining kuchayishi bilan kechmoqda. Inson huquqlari tashkilotlari maʼlumotiga ko‘ra, norozilik namoyishlari chog‘ida kamida 35 kishi, jumladan, uch nafar bola halok bo‘lgan, mingga yaqin fuqaro hibsga olingan. Ushbu holatlar Eron atrofidagi xalqaro xavotirni yana-da kuchaytirmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Eron 80 million fuqaroga oylik to‘lovlar joriy etilishini maʼlum qildi | Zamon.uz