O'zbekiston

Humans ishi boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruv hujjatlari IIBBga taqdim etildi — Markaziy bank

Jabrlanuvchilardan yana murojaat qilishlari so'ralmoqda.

Humans ishi boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruv hujjatlari IIBBga taqdim etildi — Markaziy bank

 

2025-yil 9-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Humans ilovasiga ulangan bank kartalaridan foydalanuvchilar ruxsatisiz pullar yechib olingani haqida xabarlar tarqaldi. O‘shanda Markaziy bank hodisani rasman tasdiqlab, tekshiruv ishlari boshlanganini e’lon qilgandi.  Holat bo'yicha Zamon.uz o'rganish olib borgan edi.

 

 

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, Humans MCHJ kompaniyasi bilan bog‘liq holat to‘liq tekshirilgan va yig‘ilgan ma’lumotlar ichki ishlar idoralariga topshirilgan.

 

Tekshiruv Octogram AJ to‘lov tashkilotida, Humans MCHJ kompaniyasiga to‘lov xizmatlarini taqdim etgan holda, Markaziy bank farmoyishiga binoan ishchi guruh tomonidan amalga oshirildi. Tekshiruv natijalari bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnoma Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga huquqiy baho berish va o‘z vakolati doirasida choralar ko‘rish uchun taqdim etildi.

 

Ayni paytda Humans kompaniyasi bilan bog‘liq holat Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganilmoqda. Fuqarolardan mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari so‘raladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Humans ishi boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruv hujjatlari IIBBga taqdim etildi — Markaziy bank | Zamon.uz