O'zbekiston

Jinoyatchilik yuqori bo‘lgan hududlar hokimlar, prokurorlar va IIB boshliqlariga biriktiriladi

Mahalla va tumanlarda kriminal vaziyat uchun shaxsiy javobgarlik joriy qilindi.

Jinoyatchilik yuqori bo‘lgan hududlar hokimlar, prokurorlar va IIB boshliqlariga biriktiriladi

 

O‘zbekistonda jinoyatchilik yuqori bo‘lgan hududlar uchun masʼul shaxslar belgilandi. Shu bilan mahalla va tumanlarda kriminal vaziyat uchun “shaxsiy javobgarlik” tizimi joriy qilinadi. Bu tartib Prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

 

Davlat rahbarining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida manzilli ishlarning yagona tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan hududlar aniq masʼul rahbarlar va idoralarga biriktiriladi.

 

Qarorga ko‘ra:

  • Jinoyatchilik darajasi og‘ir bo‘lgan mahallalar va tumanlar (shaharlar) – tuman (shahar) hokimlari, prokurorlar va IIB boshliqlari va ularning o‘rinbosarlariga;
  • So‘nggi 5 yil davomida “qizil” toifada bo‘lgan mahallalar – Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat darajasidagi IIB boshliqlari o‘rinbosarlari va hokim o‘rinbosarlariga biriktiriladi;
  • So‘nggi 3 yil davomida “qizil” toifada bo‘lgan mahallalar – huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim va ilmiy tashkilotlarga biriktiriladi;
  • Jinoyatchilik eng yuqori bo‘lgan tumanlar va shaharlar – viloyat darajasidagi prokurorlar va IIB boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlariga;
  • Xotin-qizlar, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni suiisteʼmol qiluvchi shaxslar hamda nizoli oilalar hududida jinoyatchilik ko‘p bo‘lgan mahallalar – viloyat darajasidagi oila va xotin-qizlar, sog‘liqni saqlash va adliya boshqarmalari rahbarlariga biriktiriladi.

 

Masʼul shaxslarga o‘z hududida huquqbuzarliklarni oldindan aniqlash va barvaqt profilaktika qilish, shuningdek, ijtimoiy profilaktika tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Jinoyatchilik yuqori bo‘lgan hududlar hokimlar, prokurorlar va IIB boshliqlariga biriktiriladi | Zamon.uz