O'zbekiston

Mubashshir Ahmadning himoya jamoasi og‘ir kasalliklari sabab uning ozod qilinishini talab qilmoqda

Advokatlar diniy bloger Alisher Tursunovning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli jazoni davom ettira olmasligini maʼlum qildi.

Mubashshir Ahmadning himoya jamoasi og‘ir kasalliklari sabab uning ozod qilinishini talab qilmoqda

 

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy bloger Alisher Tursunovning himoya jamoasi uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolar sabab jazoni ijro etish koloniyasidan ozod etilishini talab qilmoqda.

 

Advokat Abdulloh Sodiqning Kun.uzga maʼlum qilishicha, 2025 yil oktyabr oyida 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Tursunov hozirda Navoiy viloyatidagi 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasida saqlanmoqda. Himoya tomoniga ko‘ra, mahkumning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va bu uning jazoni o‘tashini deyarli imkonsiz holga keltirgan.

 

Qayd etilishicha, Alisher Tursunov uzoq yillardan buyon II tur diabet bilan yashab kelgan. Qamoqxona sharoitida ushbu kasallik jiddiy asoratlarni keltirib chiqargan: qon bosimining doimiy yuqoriligi, osteoartrit, yurak-qon tomir muammolari, buyrak faoliyatining buzilishi hamda diabet fonida oyoqlarda kuchli shish va nekroz belgilari kuzatilayotgan yaralar paydo bo‘lgan.

 

Himoya tomonining bildirishicha, rasmiy maʼlumotlarda muntazam tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani qayd etilgan bo‘lsada, mahkumning o‘zi advokatlari bilan uchrashuvlarda davolanish faqat tibbiy ko‘riklar va vaqtinchalik og‘riq qoldiruvchi inyeksiyalar bilan cheklanayotganini aytgan.

 

Shuningdek, sog‘lig‘idagi og‘ir holatga qaramay, Tursunov g‘isht ishlab chiqarish sexida ishlashga majbur etilayotgani, kuniga 16 soatgacha tik holatda bo‘lishi uning ahvolini yana-da og‘irlashtirayotgani taʼkidlanmoqda. Ikki qavatli karavotda yotishga majbur bo‘lishi esa yiqilish holatlariga ham olib kelgani aytilmoqda.

 

Himoya tomoni Jinoyat kodeksining 75-moddasiga tayanib, Tursunovni og‘ir kasalliklar ro‘yxatiga kiritilgan holatlar asosida jazodan ozod etish zarurligini bildirgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Mubashshir Ahmadning himoya jamoasi og‘ir kasalliklari sabab uning ozod qilinishini talab qilmoqda | Zamon.uz