O'zbekiston

Samarqandda erkak 200 grammga yaqin mixni yutib yubordi

Erkak kuchli stress holatida bo'lib, o'z harakatlarini nazorat qila olmagan.

Samarqandda erkak 200 grammga yaqin mixni yutib yubordi

 

Samarqand viloyatida 29 yoshli erkak oshqozoniga yot jismlar tushib ketgani sababli shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qildi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining viloyat filialiga fuqaro qorin sohasidagi kuchli og‘riqlar bilan olib kelingan.

 

Markaz axborot xizmatining ma’lum qilishicha, shoshilinch qabul bo‘limida o‘tkazilgan diagnostik va laborator tekshiruvlar natijasida bemorning oshqozon-ichak tizimida ko‘p miqdorda metall buyumlar — mix va samorezlar borligi aniqlangan.

 

Shifokorlar bemorga zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazish zarurligi haqida xulosa chiqargan. Oliy toifali shifokor Yo‘ldosh Quliyev rahbarligida barcha zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilib, laparotomiya va gastrostomiya usulida operatsiya o‘tkazilgan.

 

Jarrohlik amaliyoti davomida bemorning oshqozonidan umumiy og‘irligi qariyb 200 grammni tashkil etuvchi metall jismlar olib tashlangan. Operatsiya bir soatga yaqin vaqt davom etgan.

 

Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli baholanmoqda, u mustaqil harakatlana oladi va shifokorlar nazorati ostida davolanishni davom ettirmoqda.

 

Aniqlanishicha, fuqaro kuchli stress holatida bo‘lgan va o‘z harakatlarini nazorat qila olmagan holda metall buyumlarni yutib yuborgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Samarqandda erkak 200 grammga yaqin mixni yutib yubordi | Zamon.uz