O'zbekiston

Sherobod tumani hokimligi “10 ming so‘mlik baho”dan keyin nogiron tikuvchining 50 ta kiyimini sotib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi Muqaddas Alimova 1-guruh nogironi bo‘lishiga qaramay, bolalar kiyimlarini tikib kelishi, ammo ularni sotolmay, idorama-idora sarson bo‘layotgani aytilgan xabarlar tarqalgan edi. Zamon.uz tikuvchi qizning atrofidagi voqealarni o‘rgandi.

Sherobod tumani hokimligi “10 ming so‘mlik baho”dan keyin nogiron tikuvchining 50 ta kiyimini sotib oldi

 

Bundan bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi Muqaddas Alimova bilan bog‘liq xabarlar tarqalgan edi. Unda Alimova 1-guruh nogironi bo‘lishiga qaramay, bolalar kiyimlarini tikib kelishi, ammo ularni sotolmay, idorama-idora sarson bo‘layotgani aytilgan. Xususan, tikuvchi Sherobod tumani hokimligidan yordam so‘ragan. Biroq, hokimiyat vakili kiyimlar 10 ming so‘mga ham arzimasligini bildirgan. Zamon.uz tikuvchi qizning atrofidagi voqealarni o‘rgandi.

 

 

  Muqaddas Alimova o‘zi kim?

 

35 yoshli tikuvchi qiz oilada 6-farzand, o‘zidan oldin 5 nafar opasi bor. Otasining 2007 yildan beri daragi yo‘q. Onasi  nafaqada. Alimova hozir davlat tomonidan berilgan ko‘p qavatli uyda yashaydi. U tikuvchilikka bolaligidan alohida mehr qo‘ygan.  2010 yilda esa og‘ir betoblik ortidan nogiron bo‘lib qolgan. Shunga qaramay, u ushbu hunarning sir-asrorlarini o‘rganishni to‘xtatmagan.  Avvaliga oila aʼzolariga kiyimlar tikib bergan. 2025 yilning yanvaridan martigacha tikuvchilik kursida o‘qib, yoz oyida bolalar kiyimlarini tikishni boshlagan. Ammo ularga xaridor topolmay qiynalgan.

 

Sherobod hokimligining “10 ming so‘mlik bahosi” va “Inson”ning  vaʼdalari

 

Alimova shu paygacha tayyor mahsulotlarni sotishga masʼul idoralardan ko‘mak so‘rab kelgan. Xususan, u “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga borib, vaziyatni tushuntirgan. Markazdagilar esa uning uyiga borishini, yordam ko‘rsatishini aytgan. Biroq, tikuvchi intizor bo‘lib qolavergan. Shundan so‘ng, u Sherobod tumani hokimligiga yo‘nalib, 200 ta bolalar kiyimi borligini aytganda, hokimiyat vakili ularni birov 10 ming so‘mga ham sotib olmasligini bildirgan. Shuningdek, tikuvchiga qo‘shni ayol, qizning kiyim tikkanini ko‘rmagani haqida xabarlar tarqatgan. Tuman hokimligi mutasaddilari ham uning tikuvchilik bilan shug‘ullanishiga shubha bilan qaragan. 

 

Hokimiyat xatosini tushunib yetdi

 

Tarmoqlarda tarqalgandan videolar bahslarni keltirib chiqargandan keyin Sherobod tuman hokimligi matbuot xizmati vakillari qiz haqida noto‘g‘ri tushunchaga borganini tan olgan va Muqaddas Alimova tikkan kiyim-kechaklarni sotishga “Sher baraka” buyum bozoridagi tadbirkor  “Yo‘ldoshova Maftuna”  ko‘maklashishini bildirgan. Bundan tashqari, hokimlik tikuvchi qizning 50 ta bolalar kiyimini 30 ming so‘mdan sotib olgan va uning uyini taʼmirlab berishga vaʼda bergan. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi. Alimova esa, hozirda unga biriktirilgan tadbirkor xonadoniga kelmaganini, tikuvchi uni faqat televizorda ko‘rganini aytdi.

 

Biz holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligidan munosabat so‘radik. Matbuot xizmatiga ko‘ra, agentlikning tuman boshqarmasi vakillari tikuvchiga ish taklif qiladi, mahsulotlarini sotishga yordamlashadi.

 

Shuningdek, yanvar oyida nogironligi bor fuqarolarning qo‘l mehnatlari uchun  yarmarka tashkil etilishi, o‘shanda Alimova tikkan kiyimlar ham sotilishi aytilmoqda.

 

Qolaversa, agentlik ayolning murojaatlari rad etilishi yuzasidan o‘rganish boshlaganini maʼlum qildi.

 

Zamon.uz voqealar rivojini kuzatib boradi.

 

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sherobod tumani hokimligi “10 ming so‘mlik baho”dan keyin nogiron tikuvchining 50 ta kiyimini sotib oldi | Zamon.uz