O'zbekiston

“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylaganman” — Jizzaxda ovchi sherigini otib qo‘ydi

31 yoshli erkak uch nafar sherigi bilan Mirzacho‘ldagi dala maydonga yovvoyi to‘ng‘iz ovlash uchun borgan bo‘lgan.

“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylaganman” — Jizzaxda ovchi sherigini otib qo‘ydi

 

Jizzax viloyatida ov paytida ehtiyotsizlik oqibatida inson o‘limi bilan yakunlangan hodisa yuz berdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

 

Sud hukmida qayd etilishicha, Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashovchi 31 yoshli fuqaro G‘.A. 2025-yil 5-oktabr kuni uch nafar tanishi bilan ov qilish maqsadida Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumaniga borgan. Ular tuman hududidagi Gulzor mahallasiga qarashli dala maydonida yovvoyi to‘ng‘iz ovlashni rejalashtirgan va ovchilar qamishzor orasida turli joylarga berkinishgan.

 

G‘.A. berkinib o‘tirgan vaqtda uning sherigi O‘.M. qamishlar orasidan yaqinlashgan. Atrof qorong‘i bo‘lgani sababli G‘.A. uni yovvoyi hayvon deb o‘ylab, ehtiyotsizlik bilan ov qurolidan bir marotaba o‘q uzgan. Otilgan o‘q O‘.M.ning bosh miyasining orqa qismi chap tomoniga tegib, og‘ir jarohat yetkazgan.

 

Jarohatlangan fuqaro zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan.

 

Sud jarayonida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan va ikki yildan buyon ovchilik bilan shug‘ullanib kelgan G‘.A. aybiga iqror bo‘lib, sherigini bilmasdan otib qo‘yganini bildirgan. U hodisa vaqtida atrof qorong‘i bo‘lganini, marhum yaqin do‘sti ekanini aytib, suddan yengillik so‘ragan.

 

Mirzacho‘l tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudining hukmi bilan G‘.A. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 102-moddasi 1-qismi (ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish) bilan aybli deb topildi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, unga 1 yil muddatga ov qilish huquqidan mahrum etish hamda ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylaganman” — Jizzaxda ovchi sherigini otib qo‘ydi | Zamon.uz