Jahon

AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqmoqda

BMT tizimidan tashqari 35 ta va BMT doirasidagi 31 ta tashkilotda ishtirok etishni hamda ularni moliyalashtirishni to‘xtatish buyurildi.

AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqmoqda

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mamlakatning 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqishini e’lon qildi. Rasmiylar ularning faoliyati endi AQSh manfaatlariga xizmat qilmayotganini ta’kidlashmoqda.

 

Oq Uy matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentlik memorandumiga muvofiq barcha federal departamentlar va agentliklarga BMT tizimidan tashqaridagi 35 ta tashkilot va BMT doirasidagi 31 ta tashkilotda ishtirok etishni hamda ularni moliyalashtirishni to‘xtatish buyurildi. Bayonotda ta’kidlanishicha, bu institutlar “AQSh ustuvorliklari hisobiga globalistik manfaatlarni ilgari suradi” yoki samarasiz ishlamoqda.

 

Ushbu qaror avval e’lon qilingan xalqaro majburiyatlarni qayta ko‘rib chiqish siyosatini yanada rivojlantiradi. 2025-yil iyul oyida New York Post gazetasi AQShning YUNESKOdan chiqish qarori haqida xabar qilgan edi, bu qarorni Tramp ma’muriyati “nizolarni keltirib chiqaradigan masalalarni” qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Shu yilning fevral oyida BMT a’zoligini qayta baholash bo‘yicha ijro etuvchi buyruqlar imzolangan, prezident AQShga nisbatan nomutanosib moliyaviy yukni tanqid qilgan edi.

 

Keyinchalik Tramp ma’muriyati BMTga gumanitar dasturlar uchun atigi 2 milliard dollar ajratishini e’lon qildi. Bu miqdor mamlakatning avvalgi yillik badallarining bir qismini tashkil etadi, so‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich 17 milliard dollarga yetgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqmoqda | Zamon.uz