O'zbekiston

O‘zbekistonda bir oyda ehtiyojmand oilalarga 1,2 trillion so‘m kompensatsiya ajratildi

O‘tgan yilning noyabr oyida 1,1 milliondan ortiq oilaga bir martalik moddiy yordam berildi.

O‘zbekistonda bir oyda ehtiyojmand oilalarga 1,2 trillion so‘m kompensatsiya ajratildi

 

O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash doirasida bir oyda 1,2 trillion so‘m bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli bo‘yicha bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya to‘lab berilmoqda. Jumladan, elektr energiyasi bo‘yicha oyiga bazaviy meʼyordan ortiq 150 kVt/soatgacha, tabiiy gaz bo‘yicha esa isitish mavsumida 250 kub metr, isitish mavsumidan tashqari davrda 150 kub metrgacha bo‘lgan ortiqcha isteʼmol uchun bazaviy va oshirilgan tariflar o‘rtasidagi farq qoplanadi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 2025 yil 1 maydan buyon bazaviy meʼyordan ortiq energiya isteʼmol qilgan 562,9 ming nafar ehtiyojmand oilaga jami 41,6 milliard so‘m kompensatsiya to‘lab berilgan. Shundan 30 milliard so‘m elektr energiyasi, 11,6 milliard so‘m esa tabiiy gaz uchun ajratilgan.

 

Shuningdek, o‘tgan yilning noyabr oyida 1 million 161 mingdan ortiq ehtiyojmand oilaga 1,2 trillion so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam moliyalashtirilgani qayd etildi.

 

Avvalroq, qaysi oilalar “kambag‘al oila” toifasiga kiritilishi haqida maʼlumot berilgandi. Taʼkidlanishicha, 2026 yil 1 fevraldan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” hamda Kambag‘al oilalar reyestri negizida yagona Ijtimoiy reyestr joriy etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.