O'zbekiston

Prezident Farmoni bilan korrupsiyaga qarshi kurash tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi

Milliy sertifikatlash, “E-qaror” va sun’iy intellekt tizimlari joriy qilinadi, korrupsiya haqida xabar beruvchilar himoyalanadi va rag‘batlantiriladi.

Prezident Farmoni bilan korrupsiyaga qarshi kurash tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmon korrupsiyaga qarshi davlat siyosatini izchil davom ettirish, mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash, shuningdek, Korrupsiyaga Qarshi Kurash Agentligi faoliyatini yangi, samarali bosqichga ko‘tarishni maqsad qilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Farmon asosida amalga oshiriladigan asosiy chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:

 

1. Agentlik faoliyati va xodimlar tarkibi:

Soha bo‘yicha 5 mingdan ortiq xodimning faoliyati vertikal va gorizontal uyushgan hamkorlik tizimida amalga oshiriladi, bu esa davlat organlari o‘rtasida samarali integratsiyani ta’minlaydi.

 

2. Milliy sertifikatlash menedjment tizimi:

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi faoliyatni baholash va sertifikatlash tizimi joriy etiladi.

 

Har yili o‘rtacha 20 dan ortiq tashkilot milliy sertifikat oladi, bu sertifikat ISO 37001 xalqaro standartining muqobili bo‘lib, har bir tashkilot uchun o‘rtacha 400 mln so‘m iqtisodiy samarani ta’minlaydi.

 

3. Raqamli va sun’iy intellekt platformalari:

“Xavf-tahlil markazi” va “Raqamli komplayens” platformalari joriy qilinadi, ular orqali korruptsiyaviy xavf-hatarlar an’anaviy 5-6 kunlik tekshiruv o‘rniga 1 soat ichida aniqlanishi mumkin bo‘ladi.

 

Vazirlik va idoralar, jumladan soliq, moliya va mehnat bazalari integratsiya qilinadi; shu bilan har qanday korruptsiyaviy xatarni tezkor aniqlash imkoniyati yaratiladi.

 

4. “E-qaror” tizimi va ochiqlik:

Davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar “E-qaror” elektron tizimida e’lon qilinadi. 2021–2025-yillarda tizimga 24 417 hujjat kiritilgan, ularning 9 006 tasi yashirilgan, shundan 1 911 tasi mablag‘ ajratish bilan bog‘liq.

 

Hujjatlarni asossiz e’lon qilmaslik davlat organlarining ochiqlik qonunchiligini buzish deb hisoblanadi va tegishli javobgarlikni yuzaga keltiradi.

 

5. Raqamlashtirish va elektron xizmatlar:

Yuqori xavf-xatarli vazifalar va xizmatlar minimal raqamlashtirish talablariga muvofiq bajariladi.

 

An’anaviy xizmatlarning 300 dan ortig‘i elektron tizimga o‘tkaziladi, shu bilan birga, xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘laridan foydalaniladigan loyihalar raqamlashtiriladi, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish imkoniyati oshadi.

 

6. Moliyaviy nazorat va tahlil:

Agentlik, Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan moliyaviy nazorat va audit natijalarini elektron tizim orqali kuzatadi.

 

Ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqiladi va xodimlar malaka oshirish dasturlarida ishtirok etadi.

 

7. Jamoat nazorati va fuqarolarning ishtiroki:

Fuqarolik jamiyati instituti korrupsiyaga qarshi jamoat nazorati, monitoring va jamoatchilik fikrini o‘rganish faoliyatini amalga oshiradi.

 

2026-yildan ijtimoiy soha investitsiyalari uchun mablag‘ sarfida ochiqlikni ta’minlash maqsadida, mahalla va jamoat faollari ishtirokida tashabbuskor guruhlar shakllantiriladi. Masalan, 2025-yilda Andijon viloyatida bu guruhlar faoliyati orqali “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasida 42 mlrd so‘m iqtisod qilingan.

 

8. Xabar beruvchilarni himoya qilish va rag‘batlantirish:

Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar mehnat qonunchiligi va boshqa huquqiy mexanizmlar bilan himoyalanadi.

 

Xabar beruvchilar sonining 50 foizga oshishi kutilmoqda.

 

Davlat organlari, fuqarolik jamiyati va faol shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni joriy qilinadi. Har yili 9-dekabr, Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni arafasida taqdim etiladi.

 

Farmon natijasida korrupsiyaga qarshi kurash tizimi raqamlashtiriladi, monitoring va xavf-hatarlarni aniqlash samaradorligi oshadi, davlat organlarida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi, shuningdek, fuqarolar va tashkilotlarning ishtiroki kengaytiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Farmoni bilan korrupsiyaga qarshi kurash tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi | Zamon.uz